ABDULHAMID CHO’LPON

(1897-1938)
Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon yangi o’zbek she’riyatining asoschilaridandir.

cholpon Cho’lpon 1897-yili Andijon shahrida ziyoli oilada dunyoga kelgan. Cho’lpon boshlab eski maktabda, so’ng madrasada o’qiydi. Andijondagi rus-tuzem maktabida ta’lim oladi. Sharq adabiyoti, arab, fors tillarini o’zlashtiradi, rus tili va adabiyotini o’rganadi. Cho’lpon 10-yillarning o’rtalaridan ijtimoiy va ijodiy faoliyat bilan shug’ullana boshlaydi. U «Qalandar», «Andijonlik», «Cho’lpon» taxalluslari bilan matbuot nashrlarida maqola, she’r va turli xabarlar bilan chiqib turadi.

Uning «Do’xtir Muhammadyor», «Vatanimiz Turkistonda temir yo’llar», «Adabiyot nadir?» kabi ilk hikoya va maqolalarida hamda o’nlab she’rlarida jadidchilik g’oyalarining oshkora ifodalanganini kuzatishimiz mumkin.
Shoirning qisqa umri davomida «Tong sirlari», «Uyg’onish», «Buloqlar» kabi she’riy to’plamlari nashr etilgan. Uning teatr sohasida qilgan ishlari ham alohida e’tiborga sazovor. Cho’lpon o’zbek davlat drama teatrida adabiy emakdosh vazifasida ishlash bilan birga o’nga yaqin pyesalar, teatr maqolalari yaratgan, uning «Yorqinoy», «O’rtoq Qarshiboyev», «Cho’rining isyoni», «Mushtumzo’r», «Zamona xotuni» kabi sahna asarlari o’zbek dramaturgiyasi taraqqiyotiga muhim hissa bo’lib qo’shildi.

Cho’lpon «Kecha va kunduz» nomli roman e’lon qilib, o’zbek romanchiligi rivojiga ham katta ta’sir ko’rsatdi. Bu asarida xalqimizning asr boshlaridagi hayoti manzaralarini tasvirlar ekan, istibdod va jaholat millatning taraqqiyotini va hurligini bo’g’uvchi manfur hodisalar ekanini badiiy aks ettiradi.

O’zbek adabiy tarjima maktabining rivojlanishida ham Cho’lponning beqiyos hissasi bor. U M.Gorkiyning «Ona» romani, A.S.Pushkinning «Dubrovskiy», «Boris Godunov» hamda Shekspirning «Hamlet» tragediyasini va yana o’nlab xorijiy asarlarni o’zbek tiliga mohirlik bilan o’giradi.

Cho’lpon butun ongli hayoti davomida o’z Vatanining ozodligi, erki, kelajagi uchun qayg’urdi va yonib she’rlar yozdi, turli janrlarda asarlar yaratdi. U 1928-yildan boshlab to umrining oxirigacha tazyiq ostidayashadi, chunki uning butun ijodida milliy g’oya qizil ip bo’lib o’tgan. U mustabid tuzum ostida ezilib yotgan millatni, xalqni kuylar edi. Lekin tazyiqlar nihoyatda kuchaygan bir sharoitda ham o’z e’tiqodidan qaytmadi. Ana shu e’tiqodi va irodasi tufayli 1937-yil qatag’on qurboni bo’ldi.

Cho’lpon 1938-yil 4-oktabrda Toshkentda Bo’zsuv bo’yida qatl etiladi.

About Darvesh

Check Also

TAVALLO

(1883 – 1937)  To’lagan Xo’jamyorov Tavallo 1883 yili Ko’kcha dahasida dunyoga keldi. “Beklarbegi” madrasasida, rus-tuzem …

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan