ISHOQXON IBRAT

(1862 – 1937)

 IbratIshoqxon Junaydulloxo‘ja o‘g‘li 1862 (xijriy 1279) yilda Namangan yaqinidagi To‘raqo‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning‘ otasi sohibkor bog‘bonlardan bo‘lib, «Xodim» taxallusi bilan she’rlar yozgan. Onasi Huribibi qishloq qizlarini o‘qitgan. Ibrat dastlab qishloq maktabida, so‘ngra onasi qo‘lida tahsil oldi.

 1878-1886 yillarda Qo‘qondagi Muhammad Siddiq Tunqator madrasasida o‘qidi. Ibrat madrasani bitirg‘an yili o‘z qishlog‘iga qaytadi va maktab ochadi, U o‘z maktabida savtiya (tovush) metodini tatbiq qilgan. Shoir o‘ziga «Ibrat» taxallusini tanlagan. 1887-92 yillarda Ibrat Istanbul, Sofiya, Afina, Rim, Qobul, Jidda shaharlarida, 1892-95 yillarda esa Bombey va Kalkutta shaharlarida bo‘lib, arab, fors, ingliz, hind, urdu tillarini o‘rgangan.

 U 1896 yilda Hindistondan Birma orqali Xitoyga, so‘ngra Qashqarga o‘tdi, Qashqardan o‘z vatani Namanganga qaytib ksldi. 1907-1918 yillarda yangi usuldagi maktablar tashkil etgan, o‘z qishlog‘ida uning «Maktabai ishoqiya» nomli bosmaxonasi ham bo‘lgan. Sermahsul shoir, yozuvchi, musiqashunos, pedagog Ishoqxon Ibrat qatog‘on qurboni bo‘ldi.

 U 1937 yil Andijon turmasida 2 oy yotgandan so‘ng vafot etdi. Uning qabri qaerdaligi noma’lum. Adib o‘z asarlarida xalq ozodligi, Vatan mustaqilligi uchun kurashganlarni va tarixiy voqealarni aks ettirdi. Masalan: «Tarixi Farg‘ona» asarida shunday yozadi: «Xo‘jand va O’ratepa va Dizzax qo‘ldan ketdi. Rusiya zabt etdi. Ming ikki yuz sakson beshinchi hijriyda (1866) Samarqand olindi. Andan Kattaqo‘rg‘on olindi. So‘ngra o‘rtada amir ila musolaha bo‘lub, islohot joriy bo‘ldi… ».

 Asarlari: «Tarixi chopxona», «Madaniyat» haqida masnaviy, «Gazeta xususida», «Qalam», «Lug‘at sitta alsina» («Olti tilli lug‘at», 1907), «Jome’ ul-hutut» («Xatlar majmui», 1912), «Tarixi Farg‘ona» (1916), «Mezon uz-zamon» (1926), «San’ati Ibrat», «Ilmi Ibrat» va boshq.

About Darvesh

Check Also

MUHAMMADSHARIF SO’FIZODA

(1869 – 1937)  So‘fizoda o‘zining xalqchilik, taraqqiyparvarlik ruhidagi she’rlari bilan xalqimizning milliy uyg‘onishiga hissa qo‘shgan …

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan