Qachon xalq bo‘lasan, ey, sen olomon…

XALQ

Xalq dengizdir,
Xalq to‘lqindir,
Xalq kuchdir,
Xalq isyondir,
Xalq olovdir, xalq o‘chdir…
Xalq qo‘zg‘alsa, kuch yo‘qdirkim, to‘xtatsin,
Quvvat yo‘qkim, xalq istagin yo‘q etsin.
Xalq isyoni saltanatni yo‘q qildi,
Xalq istadi, toj va taxtlar yiqildi…

Xalq istagi: ozod bo‘lsin bu o‘lka,
Ketsin uning boshidagi ko‘lanka,
Bir qo‘zg‘alur, bir ko‘pirar, bir qaynar,
Bir intilur, bir hovliqar, bir o‘ynar,
Yo‘qliqni-da, ochlikni-da yo‘q etar,
O’z yurtini har narsaga to‘q etar…

Butun kuchni xalq ichidan olaylik,
Quchoq ochib xalq ichiga boraylik!

Non-conforming

  * * *

Xayol, xayol… Yolg‘iz xayol go‘zaldir,
Haqiqatning ko‘zlaridan qo‘rqaman.
Xayoldagi yulduzlarkim, amaldir,
Olovimni alar uchun yoqaman.
Go‘zal xayol, kel, boshimda gul o‘ynat,
Manim istak-tilagimni erkalat!

About Sardor Salimov

Jadid.Uz asoschisi va muallifi. U bilan quydagi ijtimoyi tarmoqlar orqali do'stlashish mumkin:

Check Also

Cho’lpon. Yorqinoy (drama)

Abdulhamid Cho’lpon. Yorqinoy (drama)   Internetga qo’ygan: Davronbek (www.ziyouz.com)   Muallif: Cho’lpon Hajmi: 4,31 Mb Fayl …

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan