Payshanba , 23 Oktabr 2014

Savodli Insonning 10 asosiy xislati

The illiterate of the 21st century will not be those who cannot read and write, but those who cannot learn, unlearn and relearn. Alvin Toffler

21 Asr savodsizlari

eski maktabSavodli inson kim? Uni qanday ta’riflash mumkin? Taniqli sotsiyolog-futurolog Alvin Toffler yozishicha, 21 asrning savodsizlari yoza olmaydigan yo’ki o’qishni bilmaydiganlar emas, balkim o’rganishni va qayta o’rganishni o’rgana olmaganlardir. Afsus, o’rganishni o’rganishda bizga hozirda mavjud na o’rta maktab, na oliy o’quv yurtlar yordam berayapti. Aksincha, maktabda faqatgina DTM imtihonlaridagi 36 savolga javobni yodlashga yo’ki univerda internetdan referatni chiqarib olib, to’tiga o’xshab domlaga o’qib berishga qaratilgan talim tizimi bunga mone bo’lib, 21 asr savodsizlarini konveyerdan chiqarib yotibti.

Natijada, na xalq sifatida dunyoda raqobatdoshmiz, na alohida shaxs sifatida global mehnat bozorida qadrimiz bor. Mamlakat darajasida ta’lim tizimin isloh qilish amri mahol, lekin o’z ustimizda ishlab, zamonamizning yangi savodsizlari safiga qo’shilib qolmaslik, va umuman, samarali umr yashash uchun zarur bo’lgan shaxsiy malaka va sifatlarlarni o’zimizda orttirishimiz mumkin.

 21 asrda savodli insonning 10 asosiy xislatlari

Savodli inson kim? Uni qanday ta’riflash mumkin? Dunyoning eng nufuzli universiteti, Garvard Universiteti, talabalarga o’z karyeralarini rejalashtirayotganda ba’zibir maslahatlar bergan edi. Unga ko’ra, tobora globallashib borayotgan dunyod muvaffaqiyatli ish olib borish uchun, 21 asr “savodli insoni” quydagi 10 asosiy xislatlarga ega bo’lishi kerak:

  1.  Masala, muammoni tashqi yordamsiz, mustaqil ravishda aniqlab, uni ifoda qila olishi kerak.
  2. Jamiyatda hukmron nuqtai nazarni, turg’un qarashlarni holisona tanqid qila bilishi kerak.
  3. Birtalay ikkinchi darajali ma’lumotlar orasidan tegishli ma’lumotni tezda ko’ra bilishi kerak
  4. Jamoada, guruhda ko’rsatmalarsiz ishlay olishi kerak
  5. Bir o’zi, mustaqil ravishda faoliyatni tashkil qila olishi kerak
  6. Taklif etilayotgan yo’l yo’ki usul to’g’riligiga boshqalarni ishontira olishi kerak
  7. Mavjud ma’lumotlarni qayta ko’rib chiqib, yangicha ta’lqin qilish, yangi ma’noni ko’ra bilishi kerak
  8. G’oyani amaliyotga tatbiqini ko’ra bilishi kerak
  9. Induktiv, deduktiv va dialektik fikrlay bilishi kerak
  10. Masalaga mantiqan yondasha bilishi kerak.

Yana bir nufuzli universitet, Princeton Universitetiga ko’ra, quydagi xislatlar zamonamizning “savodli insoni”da mujassam bo’lishi shart:

  1. Teran mulohaza, ravon yozuv va nutqga ega bo’lishi kerak
  2. Tanqidiy va tizimli fikrlay olishi kerak
  3. Masalani aniqlab, yechimini taklif qila olishi kerak
  4. Mustaqil fikrga ega bo’lishi kerak
  5. Tashabbus ko’rsatish va mustaqil faoliyat yurita olishi kerak
  6. O’zgalar bilan hamkorlikda faoliyatni tashkil qila olishi kerak
  7. Ahamiyatlini ahamiyatsizdan, boqiyni foniydan farqlay olishi kerak
  8. Tafakkur yuritish usulining turlaridan (tarixiy, ilmiy, estetik va hkz) habardor bo’lishi kerak
  9. Ma’lum sohada puxta bilimga ega bo’lishi kerak
  10. Turli sohalar, g’oyalar va madaniyatlar orasida bog’liqliklarni ko’ra bilishi kerak
  11. Beshikdan qabrgacha ilm izlash qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.

mid trainngYo hayot, yo mamot…

Ruslar aytganidek, спасение утопающих – дело рук самих утопающих. Olma pish, og’zimga tush deb o’tirsak, qolib ketaveramiz, oqibati ham yomon bo’ladi ijtimoyi hayotimizga ham, shaxsiy hayotimizga ham.

Lekin… yuqoridagi malakalar bilan birgalikda xayotni ma’zmunli va rejali yashash (Life Management), vaqtni unumli boshqarish (Time Management), ishni samarali va tizimli tashkil etish (GTD, First Things First, etc) texnikalari, irodani mustahkamlash (Self-control & Willpower), zamonaviy texnik qobiliyatlar (HTML, web-design, va hkz) kabi XXI asr insonining o’z faoliyatni muvaffaqiyatli olib borish va umuman, samarali yashashi uchun zarur bo’lgan shaxsiy malaka, hunar va sifatlar bilan to’ldirsak, bizga tengi yo’q bo’ladi.

About Sardor Salimov

Jadid.Uz asoschisi va muallifi. U bilan quydagi ijtimoyi tarmoqlar orqali do'stlashish mumkin:

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>