MUHAMMADSHARIF SO’FIZODA

(1869 – 1937)

sufizoda So‘fizoda o‘zining xalqchilik, taraqqiyparvarlik ruhidagi she’rlari bilan xalqimizning milliy uyg‘onishiga hissa qo‘shgan ilg‘or ziyolilaridan biridir. Muhammadsharif Egamberdi o‘g‘li 1869 yilning 29 yanvarida Namangan viloyati, Chust tumanida hunarmand – kosib oilasida tug‘ilgan.

Otasi Egamberdi So‘fi pichoqchilik, charxchilik ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan. Onasi Zaynab xola hoxishiga ko‘ra Manzura otindan xat-savod chiqaradi, eski maktablarda ta’lim oladi. «Vahshiy» taxallusi bilan hajviy she’rlar va g‘azallar yozgan, «Turkiston viloyatining gazeti», «Sadoi Turkiston» gazetalarida she’rlari bilan qatnashib turgan.

Qo‘qon adabiy muhitining mashhur shoirlari Muqimiy, Muhyi, Zavqiy, Nodim Namangoniy bilan yaqin munosabatda bo‘ldi. So‘fizoda 1893 yilda ona shahri Chustda boyonlarni, chor amaldorlarini, mutaassiblarni hajv qiluvchi she’rlari uchun «Badasl», «Beadib», «Dahriy» deb ayblangan va o‘limga hukm qilinadi.

Shoir nohaq ayblovlardan qochib 14 yil har mamlakatda umr kechiradi. Tiflis, Boku shaharlarida bo‘lib, Arabiston, Hindiston, Turkiya, Afg‘onistonda yashagan va o‘qituvchilnk qilgan. 1913 yilda Chustda yangi usuldagi boshlang‘ich maktab ochtan.

1918 yilda Afg‘oniston maorif vazirining o‘rinbosari sifatida Turkistonga afg‘on vakolatxonasining tilmochi bo‘lib tayinlanadi. Shu yili u U O’zbekistonga qaytib keladi va umrining oxirigacha xizmat qiladi, 1926 yil 27 fevralda «O’zbekiston xalq shoiri» faxriy unvoniga birinchi bo‘lib sazovor bo‘lgan.

U 1937 yilda og‘ir betoblikdan vafot etadi, qabrining qaerdaligi noma’lum.

Asarlari: «O’zbek xonimiga», «Xonimlar isminda», «Vatan», «Muslimalar», «Xushchaqchaq qalamlar», «Bayram nashidalari» (1934), «Besh yorlar tilidan», «Alvido», «Ozodlik bayrami», «Dakaning», «Bedanang», «Saylovga», «Quvdi meni johillar o‘shandog‘ vatanimdin…» va boshq.

About Darvesh

Check Also

TAVALLO

(1883 – 1937)  To’lagan Xo’jamyorov Tavallo 1883 yili Ko’kcha dahasida dunyoga keldi. “Beklarbegi” madrasasida, rus-tuzem …

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan