Top 100 Kitob – maksimal foydali kitoblar

eski maktabMillatimizga bugun nima kerak? Millatimizga erta va indin nima kerak bo’ladi? Bugun nima qilishi kerak, nima qilmasligi kerak? Millat nima istaydi va nimani istamaydi?

Yuqoridagi savollarga munosib javob bera olgan millatlar taraqqiy etadi, bera olmaganlari tarixning bir chekkasida xoru-zor bo’lib yashaydi. O’zbek millatining ahvoli qanday edi bu borada?

Turkiston aholisining maorifi, bilimi, ko’z ochiqlig, yuragi, erligi saodat hollari darajasidan pastdadir. Dunyo xalqlari orasida harakat va hayot asarlari ko’rilayotgan bo’lsa-da, Turkiston musulmonlari bexabar qolmish kabi harakatsiz, istaksiz, maqsadsiz, jon va tovush asari ko’rsatmay kelmoqdalar.
Bunlarni noxush qiladigan hech narsa yo’qmi? Bor esa, nima uchun sukut qilmoqdalar?! Diniy idoralari, ta’lim maskanlari ta’mir va islohga muhtoj ekanligi bizga ma’lum…
Lekin turkistonli qardoshlarimiz qorinlarini palov ila to’ldirishdan boshqa matlablari ham borligini xayollariga keltirmaydiganga o’xshaydilar”. Ismoil Gaspirinskiy, 1900 yillar.

Jadidlarning g’oyaviy otasi Ismoil Gaspirinskiy bundan 100 yil oldin qayg‘urib aytgan gaplari bugun ham dolzarb.

Uy’g‘onishlar tarixidan ma’lumki, aqliy uyg‘oqlik doim siyosiy va ijtimoiy faoliyatdan oldin turgan. Bekorga ham jadidlarning ilk qadamlari aynan shu mudroq aqlni uyg’otishga qaratilmagan. Ya’ni, savodsiz xalqni savodini chiqarishga, uni birinchi bo‘lib o‘qitishga harakat qilingan.

G‘aflatdan uyg‘onishning eng to‘g‘ri yo‘li kitob orqalidir. Bekorga ham muqaddas Quron “O‘qi (Iqra)” amri bilan boshlanmagan.

Top 100 Kitob – maksimal foydali kitoblar

Ko‘zingni och, ey millat, ko‘p zamon g‘ofil yotding,
Umring o‘tdi yotmoqda, qayg‘uga toza botding.
Avloniy

Afsus, o’zbek tilida atrofimizda bo‘layotgan jarayonlarni tushuntirib bera oladigan, o‘zimizni, tarixdagi o‘rnimizni anglashimizga hissa qo‘sha oladigan, davr talablariga biz, shaxs va millat sifatida qanday javob berishimiz kerak kabi savollarga munosib javob beradigan darajada biror-bir asar va adabiyot yo’q.
savodsiz inson
Rivojlangan va rivojlanayotgan boshqa millatlar davr talabiga baholi qudrat javob berib kelmoqda, va ushbu javobini kitoblarda bitgan. Amerikani yangidan ixtiro qilmaslik, o’sha millatlarning xatolarini qaytarmaslik va muvaffaqiyatlaridan unumli foydalanishimiz uchun, biz o’sha kitoblarini tarjima qilib, o’zlashtirishimiz kerak.

Bu yerda ikkita muhim masala bor. Qaysi kitoblar va qaysi pulga tarjima qilinadi?

1)  Qaysi kitoblar. Kitob ko‘p, umr qisqa. Demak, har sohaning eng sara kitoblari tarjima qilinishi kerak.

Eng avvalo kunimizni dartlariga, naslimizni qalb va vijdon xastaliklariga va buzuq fikrga darmon bo’la oladigan kitob o’qish kerak. Facebookda bittasi.

 

Tarjima qilinadigan yo’nallishlar:

  • Ijtimoiy- siyosiy adabiyot (Siyosat, sotsiologya, tarix va hkz)
  • Iqtisod, moliya
  • Biznes, marketing va hkz
  • Fan va Texnologiya
  • Ilmiy-ommabop adabiyot
  • O’z tariximizga oid chet tillaridagi kitoblar
  • Psixologiya (Self-help va hkz)

2) Qaysi pulga? Jamiyatimiz kelajagi uchun foydali bo’lishi mumkin kitoblarning tarjimasini xayriya (crowd sourcing) orqali moliyalashtirish mumkin. Kitoblarni malakali tarjimonlar tarjima qilishi kerak, va ularga ish haqi to‘lanadi. Masjitdagi qutilarga pul tashlagandan ko‘ra, tarjimaga berish kerak. Barcha tarjima qilingan kitoblar erkin foydalanish uchun internetga qo‘yiladi.

Xullas, “Top 100 kitob” loyihasi hali ancha hom. Loyihani amalga oshirish mexanizmi ustida birga ishlaylik, shuni maromiga yetkizaylik. Taklif, fikr-mulohazalaringizni bildiring, iltimos.

About Sardor Salimov

Jadid.Uz asoschisi va muallifi. U bilan quydagi ijtimoyi tarmoqlar orqali do'stlashish mumkin:

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan