XAYRINISO MAJIDXONOVA
(1905-1938)
Bolaligi. Xayriniso Majidxonova 1905-yil 25-dekabrda Toshkentda tug‘ilgan. Jadidlik harakatining davomchisi.
Ma’lumoti. Xayriniso va opasi Oyposhsho Munavvarqori Abdurashidxonov, Saodat Yenikeyeva kabi o‘z davrining ilg‘or ziyolilaridan saboq olgan. 1922-yil kuzida Turkistondan “Ko‘mak” jamiyati homiyligida Germaniyaga o‘qishga yuborilgan. U 1924–1926-yillarda Darmshtadt shahrida O‘qituvchilar seminariysida, tibbiyot kurslarida o‘qigan, nemis tili va adabiyotini o‘rgangan.
Faoliyati. Xayriniso Majidxonovaning nomi Cho‘lpon, Botuning maqola va she’larida faxr bilan tilga olingan. Germaniyada 6 yil ta’lim olgan Xayriniso 1928-yili O‘zbekistonga qaytib, 1937-yil 13-sentyabrga qadar shifokor bo‘lib ishlagan.
O‘limi. Unga 1922–1928-yillarda Germaniyadagi “Turkiston” aksilinqilobiy millatchilik tashkilotining a’zosi bo‘lganlikda, 1928-yili uning topshirig‘i bilan SSSRga josus bo‘lib kelganlikda va shu tashkilot a’zolari bilan aloqada bo‘lganlikda ayblangan. 1938-yil 9-oktyabrda otib tashlangan.