SHOKIR MUXTOROV
(1880-1920)
Bolaligi. Zamondoshlarining guvohlik berishicha 1920-yilda taqriban 40-yoshlarida vafot etganligi hisobga olinsa, 1880-yillarda tug‘ilgan. O‘zining maqolalarida “biz tatarlar” deb yozishicha, millati tatar bo‘lgan.
Mehnat faoliyati. 15 yil taʼlim va tarbiya ishlari bilan shug‘ullangan. 1906-yil Farg‘onaga ko‘chib kelib Isfara guzarida maktab ochib, 40 ta o‘quvchiga dars bergan. 1917-yil fevral inqilobidan keyin oilasi bilan Samarqandga ko‘chib kelgan va “Mehnatkashlar tovushi” gazetasida 10 oy davomida ishlagan. Samarqandda ochilgan doralmualimin va turli muallimlar kurslarida dars bergan.
Ilmiy-adabiy merosi. “Kim qozi bo‘lsun” asari, 1910-yillar, “Susializm nimadir?”, “Er haqida ikki turli fikr” “Turk tilining usuli taʼlimi” risolalari 1917-1918 yillarda.
Maqolalari:
“Feleton: Yana to‘y masalasi” Sadoyi Farg‘ona gazetasi 1914-yil 8-iyun 27-son.
“Islohni nimadan boshlorg‘a” Sadoyi Farg‘ona gazetasi 1914-yil 3-aprel 1-son.
“Mafiy isloh al-isloh” Sadoyi Farg‘ona gazetasi 1914-yil 23-aprel 7-son.
“Chin musulmon: yoki ahil irfon bo‘laylik!” “Yurt” jurnali, 1919-yil 1-son. 11-12-betlar
Oilasi. Farzandlari:
O‘g‘illari: Midhat va Talʼat
Qizlari; Foiza va Noila.
Hoji Muin 1922-yilda Shokir Muxtorov haqida yozgan maqolasida “Midhat 16 yoshlarda bo‘lib, ilgari Samarqand dorilmualiminida, hozirda ziroat maktabida o‘qimoqdadir” deya qayd etgan.
O‘limi. 1920-yilda sil kasali bilan kasallanadi. Shu yilning yoz faslida qimiz bilan davolanish uchun Jizzaxga keladi va shu еrda kasalxonada vafot etadi.