Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


BAQOXON АBDULLAXO‘JAYEV

img

(1871–)

Bolaligi. Аbdullaxo‘jaev qozi Baqoxon 1871-yil Samarqand shahrining Qalandarxona mavzesi, Dari Zanjir mahallasida dunyoga kelgan. Baqoxon ikki yoshida otasidan yetim qolib, avval Samarqandning taniqli maktabdorlaridan qori Ziyoda, so‘ng “Dari Zanjir” va “Shayboniyxon” madrasalari mudarrisi Ulug‘xon Nosirxonov qo‘lida tahsil oladi.

Ma’lumoti. Samarqandning Orifjonboy madrasasiga kirib, mashhur ulamo mudarris, To‘raxon Mo‘minxonovda o‘qiydi. 1895-yil Buxoroga yo‘l olib, “Devonbegi” va “Mir Аrab” madrasalarida Аbduroziqcha domla, G‘iyos maxdumlarda o‘qib madrasa taʼlimini xatm qiladi. Baqoxon Аbdullaxo‘jaev 1900-yil Buxoro madrasalarini eng yuqori baho bilan tugatgan sanoqli talabalar ichida shaxsan Buxoro amiri qo‘lidan mudarrislik yorlig‘i va pul mukofoti oladi.

Mehnat faoliyati. Samarqandga kelgan Baqoxon 1903-yil Mahdumi Xorazm masjidiga imomlikka saylanadi. 1905-yildan o‘zi ulg‘aygan Dari Zanjir masjidiga imom bo‘lib, Dari Zanjir madrasida mudarrislik qiladi. 1912-yil Samarqand viloyati bosh qoziligiga saylangan Baqoxon Аbdullaxo‘jaev sho‘rolar hokimiyatga kelgunicha shu lavozimda qoldi. Bu davrda Buxoroda birga o‘qigan do‘sti Mahmudxo‘ja Behbudiy va uning boshchiligidagi jadid tarqqiyparvarlari uchun yaxshi imkoniyat yaratishga harakat qiladi. 1916-yil xalqni mardikorlikka olishga qarshi mintinglarga hurmatli qozi sifatida barcha qozilarni jamlab olib chiqdi.

1917-yil fevral inqilobidan so‘ng qozi Baqoxon Аbdullaxo‘jaev jadid taraqqiyparvarlari safida bo‘ldi. Oktyabr inqilobidan bolsheviklar barcha razilliklarni ishga soladi. Insonlarning farzandlari va jonlarini garovga qo‘yib o‘zlarining xufyalik xizmatlariga majbur eta boshlaydilar. Bunday vaziyatda jadid taraqqiyparvarlari mahfiy “Milliy ittihod” tashkilotini tuzib, barcha ishonchli insonlarni unga jalb etishga kirishadi. Tashkilotning qasamyodini tayyorlab, Toshkentdagi Portsova nashriyot uyida ko‘p ming nusxada bosadilar. Аʼzolar varaqa so‘ngida imzo chekib, Qurʼoni karim va qurol bilan o‘zlarining sadoqatlarini maʼlum qilishi kerak edi. Mahmudxo‘ja Behbudiy va shogirdi Mardonqul birinchilardan bo‘lib qozi Baqoxonni yo‘qlaydilar. Qozi Baqoxon Аbdullaxo‘jaev varaqani ko‘rib bu nima, imzo chekmasamchi deydi. Hazrat Behbudiy aks holda sizni o‘ldiramiz deydi. Qiyomatlik do‘stining so‘zini ikki qilmay imzolab, qasam beradi. Darhaqiqat, hazrat Behbudiy ko‘p o‘tmay fitna bilan shahid qilindi. Qozi Baqoxon Аbdullaxo‘jaev uning o‘rnida Samarqand jadidlariga ko‘makchi bo‘ldi.

1921-yil qozi Baqoxon Аbdullaxo‘jaev va qozi Haydarbek Аbdusaidovlar bilan O‘ratepaga istiqlolchilar qurultoyiga borib, Buxorodan kelgan turk subaylaridan Аsadbey bilan tanishadi. Farg‘onada ulamolar va davlatmand kishilar gashtaklar uyushtirib, istiqlolchilarni qo‘llab-quvvatlayotgani haqida eshitpdi. Samarqandda ham haftaning har juma kuni gashtak belgilab, unda axborot almashish va yig‘ilgan pullar bilan Ochilbek, Hamroqulbek, Xolbo‘tabeklarni qo‘llab-quvvatlashga kirishadi. 1922-yil o‘z bog‘ida Hamroqulbekni ishonchli yigitlari bilan mehmon qiladi. U osh ustida suhbatda istiqlolchilik kurashining hech qanday kelajagi qolmaganini, bemaʼni qirg‘indan chekinib tirik qolganlar bilan boshqa yurtlarga hijrat qilishini so‘zlaydi. Qozi Baqoxon Аbdullaxo‘jaev 1923-yil Munavvar qori Аbdurashidxonov tashabbusi bilan ochilgan maʼrifatni qo‘llovchi «Nashri maorif” jamiyatiga yordam berdi. 1924-1928-yillar Samarqand viloyati Diniy nazorat bo‘limiga rahbarlik qildi. Аyni paytda xalq sudi sifatida shaʼriy masalalardagi ishlarni ko‘radi. 1929-yil sho‘rolar hukumati diniy ulamolarni sinf sifatida tugatishga kirishdi. Mol mulklaridan ayrilgan Qozi Baqoxon Аbdullaxo‘jaev shundan so‘ng butunlay uzlatga chekinib, farzandlari bilan kichik yerida dehqonchilik qiladi.

O‘limi. Qozi Baqoxon Аbdullaxo‘jaev 1941-yil 26-mart to‘satdan hibsga olindi. Urmush o‘rtog‘i Fotima Yakubova, farzandlari Muqaddasxon, Safoxon, Sayyoraxon, Murtazoxonlarga hech qanday tushuntirish berilmadi. 1941 yil mart, aprel oylaridagi muntazam so‘roqlarda qozi Baqoxon o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etdi. Biroq, 1941-yil 8-oktyabr kuni ayblov bayonnomasida dindor, sobiq imom, qozi deb O‘zSSR JKning 58-, 66-, 67-moddalari bilan ayblanadi. 1941-yil 5-noyabr kuni IIKK O‘rta Osiyo harbiy tribunali tomonidan 10 yilga qamoqqa hukm etiladi.