Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


ABDULLA ALAVIY

img

(1903–1931)

Bolaligi. Abdulla Alaviy 1903-yili Toshkent viloyatining Piskent tumanida ziyoli oilasida dunyoga keldi. Bolalik paytlaridanoq tarix va adabiyot bilan qiziqdi, madrasa ta’limi bilangina cheklanib qolmay, xususiy mutolaa yo‘li bilan ham bilim doirasini behad kengaytirdi. Ayni paytda u rus va nemis tillarini o‘rganib, shu tillarda yaratilgan adabiyot bilan ham tanisha boshladi.

Ma’lumoti. 1917-yildan keyin u dastlab Piskent, keyin Toshkentda ochilgan yangi maktab va bilim yurtida o‘qidi. So‘ng ma’lum vaqt o‘qituvchilik qilgach, Leningradga borib, oliy tahsil olishda davom etdi. Ayni paytda u yerdagi dorilfununlarning birida o‘zbek tili va adabiyotidan dars berdi. Abdulla Alaviy tom ma’nodagi ziyoli bo‘lib, zamondoshlarining aytishlariga ko‘ra, arab, fors, turk tillari bilan birga frantsuz va lotin tillarini ham bilgan. Katta bilim sohibi bo‘lgan Abdulla Alaviy Samarqanddagi Pedagogika akademiyasida xizmat qilgan kezlarida bu yerda to‘plangan o‘zbek olimlari va yozuvchilari bilan ijodiy hamkorlikda bo‘lgan va ular hurmatini qozongan.

Ilmiy-adabiy merosi. Abdulla Alaviy o‘zbek mumtoz adabiyoti, adabiyot nazariyasi va yangi alifbo masalalariga bag‘ishlangan bir necha maqolalar bilan birga o‘nga yaqin she’rlar ham qoldirgan. Bu maqola va she’rlar – miqdor jihatidan ko‘p bo‘lmasa-da, sifat nuqtai nazaridan katta e’tiborga sazovor. Shoirning ayniqsa, yangi ruh bilan sug‘orilgan lirik she’rlari 30-yillarda o‘zbek she’riyatiga yangi tarovat olib kirgan. U Cho‘lponning yaqin do‘sti va shogirdlaridan biri edi va Cho‘lpondan keyin she’riyatimizdagi lirik ibtidoning yanada teranlashishiga hissa qo‘shgan. Uning “Yo‘lovchi”, “Erkin sahob”, “Arslonbobga”, “Dengizga” singari she’rlaridagi yangi lirik tamo-yillar o‘zbek shoirlarining keyingi avlodi, xususan, Rauf Parfi tomonidan davom ettirildi va qutlug‘ natijalarga olib kelmoqda.

Abdulla Alaviy barmoq vazniga asoslangan o‘zbek she’riyatining badiiy imkoniyatlarini kengaytirdi, o‘zbek adabiyotidagi sochma (erkin) she’r boshlovchilardan biri bo‘ldi. Pskent tumanining Evalak qishlog‘ida istiqomat qilgan Berdi baxshi og‘zidan “Alpomish” dostonini yozib olgan (1926).

Oilasi. Onasi Habibaxon, otasi Hakimxon dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Mashhur shoira Muzayana Alaviya Abdulla Alaviyning jiyani hisoblanadi.

O‘limi. Abdulla Alaviy XX asr o‘zbek adabiyotining baland siymolaridan biri bo‘lishi mumkin bo‘lgani holda avji ijodi gullagan pallada og‘ir xastalikdan so‘ng 1931-yil Samarqandda vafot etgan. Uning vafoti Cho‘lpon singari shoirlarni larzaga solgan va ular Abdulla Alaviy vafotiga bag‘ishlangan marsiyalar yozganlar.