Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


USMON АMONOV QOSIMOVICH

img

(1910–…)

Bolaligi. Usmon Amonov 1910 yili Buxoroda tug‘ilgan. Yosh buxoroliklarning izdoshi.

Ma’lumoti. Usmon Amonov 1922 yil 11 yoshida Germaniyaga ketib, 1922 – 1925 yillar Kyosling gimnaziyasida о‘qigan. 1925 yil 15 yoshida Vatanga qaytarilgan. 1931 yil Toshkentda K.Marks nomidagi pedtexnikumni tugatgan.

Faoliyati. Usmon Amonov 1933 – 1938 yillar davomida о‘rta maktabda hamda Buxoro pedinstitutida nemis tilidan dars bergan.

О‘limi. Usmon Amonov 1938 yil 13 yanvarda qamalgan va 1940 yil 8 yilga mehnat tuzatish lageriga hukm etilgan. Jazo muddatini Magadan viloyatidagi Dalstroy lagerida о‘tab, 1946 yil ozod etilgan. Ammo, Buxoroga qaytishiga ruxsat berilmagani uchun Magadan viloyati, Dalniy Sever posyolkasida ishlagan va faqatgina 1957 yil Buxoroga kelgan. Vafoti sanasi bо‘yicha ma’lumot yо‘q.