HODI FAYZIY
(1895–1937)
Bolaligi. Hodi Fayziy 1895 yili Avliyoota (hozirgi Toroz) shahrida tug‘ilgan.
Ma’lumoti. Ufadagi G‘oliya yangi usul madrasasida о‘qigan.
Faoliyati. Hodi Fayziy 1910 yil Turkistonga kelib, ma’rifatparvarlik faoliyati bilan shug‘ullangan. Turkiston о‘lkasi qishloq va shaharlarida о‘qituvchilar tayyorlash kurslarini ochgan. BXSR davrida Moskvadagi о‘zbek talabalari о‘qiydigan “Buxoro maorif uyi” direktori bо‘lib ishlagan. Hodi Fayziy Samarqanddagi Kommunistik universitetda, sо‘ngra Qrimdagi institutda direktorlik qilgan. U О‘zbekistondagi nashriyot taraqqiyotida ham faol qatnashgan.
Ilmiy–adabiy merosi. Iqtisodiyot nazariyasi va tarixga oid asarlar yozgan.
О‘limi. Hodi Fayziy 1937 yil dekabrda otib о‘ldirilgan. Hozirda Samarqand shahridagi kо‘chalardan biriga uning nomi berilgan.