HUSAYNXON NIYOZIY
(1895–1947)
Bolaligi. Husaynxon Niyoziy 1895 yila Andijonda tug‘ilgan. Oilasi о‘qimishli bо‘lgan. Bobosi Muhammadxon Niyoz о‘g‘li, otasi Matmusa (Muhammad Musa) asli Andijon viloyatining Oltinkо‘l tumanidan bо‘lgan. Onasi Hanifa otin ziyoli ayollardan edi. Uning Hasanxon va Salimxon ismli aka ukalari bо‘lgan.
Ma’lumoti. Dastlab 1905 yildan maktab ta’limi va Andijondagi madrasada 1915 yilgacha tahsil olgan. Arab va fors tillarini yaxshi о‘rganishida ana shu madrasaning о‘rni katta bо‘lgan. 1912 yilda jadidchilik harakatidan boxabar bо‘lib, xorij mamlakatlaridan kelib turgan tatar va usmonlicha gazeta, jurnallar bilan tanisha boshlaydi. Faoliyatini Andijonda 1917–1923 yillarda muallimlik qilish bilan olib borgan. U 1923 yilda oilasi bilan Toshkentga kо‘chib kelib pedagogik faoliyatini davom ettirgan. 1919–1938 yillar davomidagi 20 yillik faoliyatini muallimlikka bag‘ishlagan. U Narimonov nomidagi texnikum, pedagogika instituti va bir qancha ta’lim muassasalarida fizika fanidan dars bergan. Turkiston Davlat Universiteti qoshidagi fizika laboratoriyasini boshqargan. Fizika fani sohasidagi erishgan yutuqlari bilan о‘z davrining yetuk muallimiga aylangan. 1934 yilda Andijonga qaytib ishchi fakultetida muallimlik qilgan.
Ilmiy-adabiy merosi. 1922 yilda О‘zbek tilidagi birinchi “Hikmat” (fizika) va kimyo darsligini nashr ettirgan.
Oilasi. 1916 yilda oila qurib Ma’rifatxon ismli qizga uylanadi. Kozimxon va Hikmatxon ismli farzandlari bо‘lgan.
О‘limi. Husaynxon Niyoziy fevral voqealari arafasida samolyotning kichik maketini yaratib uni uchirgani uchun g‘ayriqonuniy harakat va din-shariatga shak keltirishda ayblanib qamoqqa olingan. Keyinchalik qо‘yib yuborilgan. U 1937 yilda “Milliy ittihod” tashkiloti Andijon bо‘limining rahbari sifatida qamoqqa olingan va 10 yilga Mehnat jamloqiga hukm qilinib Magadandagi jamloqqa surgun qilingan.