Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


AZIZXO‘JA AVLIYOXO‘JAYEV (AZIZ XO‘JA)

img

(1905–1937)

Bolaligi. 1905 yil Buxoro shahrida taiqli mudarris, mufti Avliyoxо‘ja Atqiyoxо‘ja о‘g‘li xonadonida tavallud topgan. 1920 yil Buxoro shahrining  qizil askarlar tomonidan bombardimon qilinishi va talanishi natijasida natijasida Aziz Xо‘ja yaqinlaridan va uy joyidan ayrilgan.

Ma’lumoti. 15 yoshida yetim qolgan Aziz Xо‘ja BXSR hukumati qaramog‘idagi “Shuhado” maktabiga olingan.

Faoliyati. Aziz Xо‘ja 1922 yil Germaniyaga о‘qishga yuborilgan. Abduvohid Munzimning о‘z xotiralarida Aziz Xо‘ja buxorolik talabalarning eng tirishqog‘i va eng iqtidorlilaridan biri sifatida esga oladi. Aziz Xо‘ja qisqa muddatli til kursidan sо‘ng nemis tilini о‘rganib, Berlin universitetining iqtisod fakultetiga о‘qishga kirgan. 1926 yilning sо‘ngida oliy ma’lumot haqidagi diplomni qо‘lga kiritgan Aziz Xо‘ja vatanga qaytgan. Oliy ta’lim olib kelgan Aziz Xо‘ja ish topolmay, ustozi Bakir CHо‘ponzoda, Ismoil Hikmatbeylar taklifi bilan Bokuga borgan va  Ozarboyjon davlat universitetida о‘qituvchi sifatida ish boshlagan. U aspiranturaga kirib tadqiqot ishlarini boshlagan. Tez orada OGPU josuslari Aziz Xо‘jani Bokuni tark etishga majbur qilganlar. 1928 yilning sо‘ngida Toshkentga kelgan Aziz Xо‘ja О‘zbekiston Maorif nozirligiga ishga joylashib, ayni paytda Sharqshunoslik fakultetida fors-urdu tillaridan, О‘rta Osiyo davlat universitetida iqtisodiyot fanidan talabalarga ta’lim berishni boshlagan. “Pravda Vostoka” gazetasida tarjimonlik ham qilgan.

Aziz Xо‘ja 1929 yil 5 dekabrda OGPU 4-bо‘limiga avval tarjimon sifatida qabul qilingan, keyinroq esa “Gans” laqabini berib maxsus agent sifatida yollamoqchi bо‘lishgan. Aziz Xо‘jani Toshkentdagi afg‘on konsulining tarjimoni Sulaymon Asqarov, fors konsulligidan Mehdixon Hakimiy, Xitoy konsulining tarjimoni qoshg‘arlik Isabekov, xitoylik Van Syun Bo, Shi Ven YU kabi odamlar bilan tanishtirib, Afg‘oniston, Eron va Xitoy davlatlarining tashqi aloqalariga oid xabarlarni topishni talab qilingan. Biroq, Aziz Xо‘janing hech bir rag‘batini kо‘rmagach, OGPU uning о‘zini qamoqqa tiqish choralarini izlay boshlaydi. Bunga Fitrat afg‘on elchiligi orqali Aziz Xо‘jani Turkiyaga Usmon Xо‘jayevga xat bilan yubormoqchi degan xabar bahona bо‘lgan.

Oilasi: Onasi, xotini va qizi Oyisha Azizxо‘jayeva bо‘lgan.

О‘limi. 1932 yil 14 may kuni Aziz Xо‘ja aksilinqilobchi, chet el josusi sifatida qamoqqa olingan. 1932 yil iyul-avgust oylarida muntazam jismoniy tazyiq va tahqirlar ostida Aziz Xо‘jayevdan Toshkentdagi, Afg‘onistondagi barcha tanishlari haqida sо‘rab surishtiradilar. Biroq, Azizxо‘jadan birorta arzirli ma’lumot ololmaydi.

1932 yilda 22 avgustda ayblov bayonnomasi imzolanib, unda Aziz Xо‘jayev Buxoro amiri mulozimi oilasidan chiqqan, otasi sovetlarga qarshi kurashda halok bо‘lgan, ashaddiy aksilinqilobchi kabi ayblar qо‘yilgan. Aziz Xо‘jayev ishi 1932 yil 10 sentabrda Moskvaga yuborilgan. 1932 yil 20 oktabrda OGPU qoshidagi “uchlik” tomonidan 5 yil konslagerga hukm qilingan. U avval Sazlagda bо‘lgan, 1933 yil 29 iyundan Solovki jamlog‘iga о‘tkazilgan. Azizxо‘ja 1935 yil 15 sentabrda SSSR bosh Prokurori Vishinskiyga ariza yо‘llab, о‘zining 1932 yil 14 mayda bо‘hton asosida qamoqqa olingani, tintuv vaqtida yо‘l qо‘yilgan haqsizliklar, hatto, uning tilla soatini о‘g‘irlab rо‘yxatga olishmaganini yozadi. “…Lagerda hayot qiynoq va azoblash ustiga qurilgan, kо‘pchilik obrо‘ orttirish uchun vijdonli insonlar ustidan tuhmat qiladi yoxud karyera uchun insonlarni antisovet deb ayblashadi. Tо‘rt yarim yillik jazoni о‘tashim bilan ochlik e’lon qilgani uchun deb yolg‘iz kameraga yо‘llashdi. Xotinimni abadiy yо‘qotdim. Haqiqat uchun betinim kurashdim, ammo bu biror kishini qiziqtirmadi. Lager rahbariyatiga yuzlab xat yozdim. Birortasiga e’tibor bо‘lmadi. Aksincha boshimga tashvish soldilar. Mana yaqinda 5 yillik muddat tugaydi. Haqiqatga ham ishonchim sо‘ngan. Hech kimga hech narsa yozishdan foyda yо‘qligini bilaman, ammo ilinj bor. 75 yoshli onam, kasamand qizim meni kutmoqda” deb yordam sо‘raydi. Ushbu maktubidan sо‘ng, 1936 yil 7 aprelda qurilish qoidasini buzgan deb 15 kunga, 1936 yil 26 oktabrda tonggi yig‘inga kelmagan degan bahona bilan yana 5 kunga qamoqqa buyuradilar. Aziz Xо‘jayevni jazo muddati tugagani uchun boshqa saqlab tura olmasligiga ishongan qamoqxona ma’muriyati uni “Uchlik” yig‘iniga taqdim etgan va 1937 yil 25 noyabrda Aziz Xо‘jayev otuvga hukm qilingan hamda 1937 yil 7 dekabrda otib о‘ldirilgan.