Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


MUHAMMADQULI O‘RINBIY O‘G‘LI

img

(1891 – 1920)

Bolaligi. Muhammadquli 1891-yilda Samarqandda dunyoga kelgan. Uning oilasi boy xonadonlardan bо‘lib, savdo ishlari bilan shug‘ullangan.

Ma’lumoti. Dastlab maktab ta’limini olib xat va savodini chiqargan. Jadidchilik harakati vujudga kelib islohotchilik harakatlari boshlangach Mahmudxо‘ja Behbudiy (1874–1920) ga shogird tushadi. Jadidchilik harakati namoyandalarining fikr va g‘oyalarini qо‘llab-quvvatlagan.

Faoliyati. Behbudiy tomonidan nashr etilgan “Samarqand” gazetasi va “Oyina” jurnallariga moddiy jihatdan kо‘mak bergan. Mahmudxо‘ja Behbudiyning Samarqanddagi kutubxonasi va maktabini rivojlantirishda о‘z yordamini bergan. Muhammadqul о‘zi ham uyida maktab ochib, 30–50 nafar bolalarni о‘qitgan. Uning maktabi 1918-yilga qadar о‘z faoliyatini olib borib, bolsheviklar hokimiyat tepasiga kelgach, uning maktabini hukumat maktabiga aylantirilgan.

U 1912-yilda Moskva, Varshava, Odessa, Istanbul, Vena shaharlariga sayohat qilib yana Varshava orqali Turkistonga qaytgan. 1914-yil Birinchi Jahon urushi arafasida Samara, Kavkaz, Moskva, Nijniy Novgorod va Qozon shaharlarini sayohat qilib kelgan.

Rossiyadagi 1917-yilgi fevral inqilobidan sо‘ng yana xalq xizmatiga kiradi. A. Kerenskiyning muvaqqat hukumati davrida Samarqandda nashr etilgan “Hurriyat” g‘azetasining iqtisodiy ta’minotiga kо‘maklashgan. Ushbu gazeta Samarqandda tuzilgan “Ittifoq” jamiyatining nashri afkori bо‘lgan. Muhammadqul ushbu gazetaning 1918-yil sonlarini nashr etilishida moddiy jihatdan xomiylik qilgan. U Samarqandda jadidchilik harakatidagi maktab va maorif sohalarini rivojlanishiga katta e’tibor bergan. О‘z mablag‘ini shu sohalar rivojlanishiga sarf qilgan.

Oilasi. Oilalik. Uch qizning otasi. Hoji Muinning ma’lumot berishicha 1920-yilda uning katta qizi 10 yoshda bо‘lgan.

О‘limi. Mahmudxо‘ja Behbudiy bilan 1919-yil 25-martda safarga chiqib, keyingi taqdiri fojiali yakun topadi. U 1919-yilda Qarshida Mahmudxо‘ja Behbudiy bilan birga qо‘lga olinib. 1920-yilda о‘ldirilgan. Ayrim ma’lumotlarda Qarshi begi Tog‘aybek tomonidan Buxoro amirligining qatl buyrug‘i bilan “jadid, kofir va tilchi (josus”) sifatida о‘ldirilgan.