Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


SHAMSIDDIN IBROHIM O‘G‘LI

img

(1893 – 1918)

Bolaligi. U 1893 yil Samarqandda “Xо‘ja nisbatdor” mahallasida tavallud topgan. Otasi Mulla Ibrohim edi.

Ma’lumoti. Dastlab otasining tashabbusi bilan 5 yoshida mahallasidagi maktabda ta’lim ola boshlaydi. Besh yil davomida boshlang‘ich ta’lim va diniy ilmlarni о‘rganadi. Samarqandda 1901 yilda “Rajab Amin” qishlog‘ida Abdulqodir Shakuri tomonidan yangi usul maktabi ochilgach ushbu maktablar soni kо‘paya boshlaydi. Ana shu kezlarda “Xо‘ja nisbatdor” mahallasida Hoji Muin tarafidan yangi usul maktabi ochilib yoshlarga ta’lim beradi. Shamsiddin Ibrohim о‘g‘li keyingi ta’limini Hoji Muinning maktabida davom ettiradi va 2 yil davomida ushbu maktabda tahsil oladi. Sо‘ngra “Shakuriy” maktabida о‘qib, sо‘nggi sinfida ruscha darslarni о‘rgangan. U о‘z bilimini oshirish uchun Istanbulga bormoqchi bо‘lgan, biroq iqtisodiy ahvoli sabab bu niyati amalga oshmay qoladi. Shunga qaramay Samarqand shahar maktabi (Gorodskoy uchilish)ga kirib о‘z bilmini oshiradi. U forscha, turkcha va rus tillarini yaxshi bilgan.

Mehnat faoliyati. Uchilishini tamomlagach bir muddat turmush tirikchiligi bilan turli yumushlarni bajaradi. Otasiga yordam beradi. 1917 yildan Samarqandda tashkil etilgan musulmon ishchilarining “Ittifoq” jamiyatiga kirib о‘z faoliyatini davom ettiradi. Uning faol vakili sifatida Samarqandda tashkil etilgan askar, ishchi va dehqon shо‘rosi yig‘ilishlarida ishtirok etgan. U 1917 yilda Qо‘qonda bо‘lgan musulmonlarning 4 qurultoyiga Samarqand musulmon ishchilar jamiyati tomonidan vakil bо‘lib ishtirok etgan. Yig‘inlarda erkin fikrlashi va notiqligi bilan xalq e’tiboriga tushgan.

О‘limi. 1918 yil 5 yanvarda Samarqand shahridan 2-3 chaqirim uzoqlikdagi Mulyon mavzeyida 25 yoshida bо‘g‘ib о‘ldirilgan.