TOSHXO‘JA ASHURXO‘JAYEV
(1895–1919)
Bolaligi. Ma’rifatparvar, davlat va jamoat arbobi Toshxo‘ja Ashurxo‘jaev 1895 yilda Namanganda tug‘ilgan. Otasi Ashurxo‘ja eshon o‘g‘li o‘z davrining ilmli kishilaridan bo‘lgan.
Ma’lumoti. Toshxo‘ja dastlabki ta’limni maktabda olgan. Shu bilan birga, rus-tuzem maktabida ham o‘qigan.
Faoliyati. U 1918 yil 30 aprelda Turkistonda tuzilgan Milliy Ishlar Xalq Komissarligining dastlabki rahbari bo‘lgan. Millat, xalq qayg‘usi bilan yashaydigan, rivojlanish va milliy yuksaklikka xizmat qiladigan milliy ziyolilarni ushbu kamissarlikka yig‘adi. 1918 yil 24 iyunda arxiv hujjatidagi ma’lumotga ko‘ra Mahmudxo‘ja Behbudiyga ushbu komissariatning “Turkiy millat masalalari” bo‘limini boshqarish topshirilgan. Osipov isyoniga qadar shu lavozimda ishlagan. U milliy ziyolilar bilan birga, Turkistonda milliy kadrlar tayyorlash, ularni xorijga yuborib o‘qitish masalasini ham ilgari surgan. Uning tashabbusi bilan Namanganda birinchi o‘zbek havaskorlar teatri tashkil qilingan.
O‘limi. 1919 yilda Andijonda yashab turgan paytida noma’lum shaxslar tomonidan o‘ldirilgan.