SHOKIR SULAYMON
(1900–1942)
Bolaligi. Shokir Sulaymon 1900 yil Navrо‘z bayrami arafasida Qо‘qonda о‘zbek oilasida tug‘ilgan. Uning Yahyo va Qodir ismli ukalari bо‘lgan.
Ma’lumoti. U dastlabki ta’limni Qо‘qondagi maktablardan birida oladi. Sо‘ng 1916 yilda Orenburg shahridagi “Husayniya” madrasasiga tahsil olish uchun bordi. Madrasada, arab, fors, usmonli, tatar va rus tillaridagi gazetalar bilan tanishadi. Gazeta о‘qish bilan birga ushbu tillarni о‘rganadi. Shuningdek, 1920 yili Toshkentdagi Maorif institutida ikki yil ta’lim olgach, 1922–1926 yillarda Moskva va Peterburgda ta’lim olish uchun yuborilgan talabalar bilan birga dastlab ishchi fakultetida, sо‘ng N. Krupskaya nomidagi pedakademiyada о‘qib О‘zbekistonga qaytgan.
Faoliyati. Uning faoliyati Orenburgdan 1918 yilda Turkistonga qaytgach boshlangan. О‘sha kezlarda о‘lkadagi demokratik davlat Turkiston Muxtoriyatining targ‘ibot ishlarida qatnashgan. U Qо‘qondagi “Ittihodi tolibon”, “Milliy ittihod” tashkiloti ishlarida ishtirok etadi. Milliy ziyolilar va iqtidorli yoshlar tomonidan 1922 yilda tuzilgan “Kо‘mak” uyushmasining ishlarida faol ishtirok etadi. Moskva ta’limidan sо‘ng 1926 yilda Samarqanddagi maktablardan birida о‘zbek tili о‘qituvchisi bо‘lib ishlagan. 1927–1941 yillarda “Maorif va о‘qituvchi” hamda “Yer yuzi” jurnallarida mas’ul kotib, О‘zbek Davlat universitetida assistent, dotsent, О‘zbekiston Davlat nashriyotida muharrir hamda Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim bо‘lib ishladi. U О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va uyushmaning Samarqand viloyat bо‘limini tashkil etishda faol qatnashgan. Shuningdek, 1926 yilning avgust oyidan Samarqandda tashkil etilgan “Qizil qalam” adabiy jamiyatining ishlarida ham ishtirok etgan.
Ilmiy-adabiy merosi. XX asrning 20 yillaridagi milliy matbuotda о‘zining maqola, she’r va xikoyalari bilan ishtirok etgan. Uning “Qotil”, “Hukm”, “Farmoza otasi”, “Lolazordagi shumg‘iya”, “Yamo bilan Xamo” kabi bir qator hikoyalarida yangilik bilan eskilik о‘rtasidagi ayovsiz kurashni kо‘rsatishga harakat kildi. Uning hikoyalari tо‘planib 1964 yilda “О‘ch” nomi bilan nashr qilingan. U о‘zbek she’riyatida sochma vaznining maydonga kelishi va shakllanishiga katta hissa qо‘shgan.
Oilasi. Turmush о‘rtog‘i Zaynab Mirsalimova bо‘lib, ikki о‘g‘il va ikki qiz farzandlari bо‘lgan. Ular Marat, Pо‘lat, Nodira, Munira.
О‘limi. Shokir Sulaymon 1941 yil 27 avgustda “Ittihodi tolibon” (1918–1919), “Milliy ittihod” (1919–1922) aksilinqilobiy tashkilotlariga a’zo bо‘lganlik va millatchilikda ayblanib qamoqqa olingan. 1942 yil 8 avgustda otib tashlangan.