MULLA ABDULLOHBEK MUSABEKHOJI O‘G‘LI
(1878–1929)
Abdullabek Musabekov 1878-yil hozirgi Farg‘ona viloyatining Sumasar qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi mingboshilik vazifasida ishlagan. Eski usuldagi maktabda va Qo‘qondagi Hoji Qobul Eshon madrasasida tahsil olgan. 1912 – 1913-yillardan yangi usuldagi maktablarda o‘qituvchilik qilgan. Toshkent va Qo‘qonda nashr etilgan “Sadoyi Turkiston” va “Sadoyi Farg‘ona” gazetalarida turli mavzudagi maqolalari bilan ishtirok etgan. Qo‘qonda tashkil etilgan “Sho‘royi Islomiya” bo‘limi a’zosi bo‘lgan. 1919-yilda “Talabalar jamiyati” tashkilotchisi bo‘lgan. 1919 – 1921-yillarda “Xalq gazeti”, “Mehnat bayrog‘i” nashrlarida tahrir hay’ati a’zosi bo‘lgan. Shuningdek, Qo‘qon va Namangan uyezdlarida xalq sudyasi lavozimida ham ishlagan. 1923 – 1929-yillarda dehqonchilik bilan shug‘ullangan.