Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


SALIMXON TILLAXONOV

img

(1898–1931)

Bolaligi. Turkiston jadidlarining yirik nomoyandasi Munavvarqori Abdurashidxonovning ilk shogirdlaridan biri, o‘lka ma’rifatparvarlik harakatining yosh va jonkuyar namoyondalaridan bo‘lgan Salimxon Tillaxonov 1898-yil Toshkent shahri suvoqchi oilasida tug‘ilgan.

Ma’lumoti. U dastlabki ta’limni Eshonxo‘ja Xoniy maktabida so‘ngra, Munavvarqori Abdurashidxonov maktablarida oladi. U Toshkent jadidlari va ma’rifatparvar boylari tomonidan tashkil etilgan “Jamiyati xayriya”ning yordami bilan Istanbulda ta’lim olish uchun Munavvarqori tarbiyasida bo‘lgan iqtidorli yoshlar safida edi.

1917-yil Istanbulda ta’lim olish maqsadida, Qayum Ramazon, Abduvahob Murodiylar bilan birga yo‘lga otlanadi. Ammo Boku chegarasidan o‘tishga imkon topolmay qaytishga majbur bo‘ladilar va Bokudagi pedagogika texnikumining turli yo‘nalishlarida o‘qiydilar. Salimxon Tillaxonov ana shu texnikumning iqtisod bo‘limida tahsil oladi. Boku ta’limidan qaytgach,  milliy ziyolilar tomonidan tashkil etilgan “Milliy ittihod” tashkilotiga a’zo bo‘ladi. 1921-yil O‘rta Osiyo Davlat universitetining iqtisod fakultetiga o‘qishga kiradi.

Mehnat faoliyati. Salimxon Tillaxonov 1914-yil tashkil etilgan “Turon” jamiyatining yetakchilari bilan faol aloqada bo‘lib, 1914–1916-yillarda “Turon” truppasida aktyorlik qiladi. Shuningdek, Munavvarqorining “Namuna” maktabida 1914–1917-yillarda muallimlik faoliyatini olib boradi.

Salimxon Tillaxonov 1918–1920-yillari Toshkent eski shahar maorif bo‘limi komissari, Turkiston millatlar komissarligi xodimi vazifalarida ish olib boradi. 1920-yil Bokuda bo‘lib o‘tgan “Sharq xalqlari qurultoyi”da ishtirok etadi. 1921-yili O‘rta Osiyo Davlat universiteti yoshlar qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishlaydi. U 1922-yili Turkiston yoshlari tomonidan tashkil etilgan “Ko‘mak” uyushmasida ish olib boradi. Uyushmaning raisi sifatida o‘lkaning turli hududlaridan “Ko‘mak” uyushmasi foydasiga xayriya yig‘ish, bir qancha iqtidorli yoshlarni Germaniya, Ozarbayjon va Rossiyaning markaziy shaharlariga yuborish ishlariga boshchilik qildi. 1923-yili Munavvarqori Abdurashidxonov tashabbusi bilan yanvar oyida tuzilgan “Nashri maorif” jamiyatiga a’zo bo‘ladi va uning faoliyatida ishtirok etadi.

Salimxon Tillaxonov 1927–1928-yillari Toshkent viloyati Moliya kursi mudiri bo‘lib, 1929-yili esa O‘lka meva-vino uyushmasida instruktor bo‘lib ishlagan.

O‘limi. Salimxon Tillaxonov 1929-yil 6-noyabrda sovet hukumati tomonidan milliy ziyolilarga qarshi boshlangan “Milliy ittihod” ishi doirasida qamoqqa olinib, tergovga tortildi va 1931-yil 25-aprelda Moskvada otib tashlandi.

Jadidlar.uz saytidan olindi.