Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


ABDURAHMON G‘OYIBIY

img

(1899–1932)

Bolaligi. Ma’rifatparvar va maorif xodimi Abdurahmon G‘oyibiy 1899-yil Marg‘ilon shahrining Xonaqoh mahallasida tug‘ilgan.

Otasi Karimjon domla mudarris bo‘lib keyinchalik aravasozlik kasbi bilan shug‘ullangan. Onasi Hayitbibi bo‘lgan. Uning Tojivoy, Abdulla, Turg‘unboy imli og‘aynilari bo‘lgan. 

Ma’lumoti. Otasidan fors va arabchani mustaqil o‘rgangan. Rus-tuzem maktabida o‘qib ruscha, turkcha, ozarbayjoncha va tatarchani ham o‘rgangan. 1915-yil maktabni tamomlab, Orenburgdagi “Husayniya” madrasasida 1918-yilgacha tahsil olgan. Toshkentdagi maorif institutida o‘qib, 1921-yili o‘qishni tamomlaydi.

Mehnat faoliyati. Orenburgdagi “Husayniya” madrasasida tahsilini tugatgach, yurtiga qaytib, Qo‘qon Marg‘ilon shaharlarida muallimlik qilgan. O‘zbek tili va adabiyoti darslaridan o‘quvchilarga ta’lim bergan, ona tilini sidqidildan sevishga o‘quvchilarga o‘rgatgan. 1921–1923-yillari Toshkent o‘qituvchilar tayyorlash kursida dars bergan. 1923–1925-yillari esa Toshkentdagi 1-internatda, 1925–1926-yillarda Farg‘onada o‘qituvchilar tayyorlash kursida mudir, Farg‘ona ta’lim-tarbiya texnikumida ilmiy mudir, o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi, okrug xalq maorif bo‘limida o‘z faoliyatini olib borgan. U 1926–1930-yillari O‘zbekiston maorif xalq komissarligida uslubchi (metodist) bo‘lib ishlagan.

Ilmiy-adabiy merosi. Faoliyati davomida bir qator ta’lim-tarbiya, til-imlo va xalq ijodiyotiga oid kitoblar yozgan. “Farg‘ona xalq qo‘shiqlari”ni to‘plagan.

Oilasi. Abdurahmon G‘oyibiyning turmush o‘rtog‘i Jamilaxon aya va Yorqinoy ismli qizlari bo‘lgan. 

O‘limi. Abdurahmon G‘oyibiy millatchilikda ayblanib 1931-yil 11-yanvarda Samarqandda qamoqqa olingan. Dastlab Toshkentda so‘ng tergov ishini ko‘rish uchun Moskvaga jo‘natilgan. Moskvada uni Butirka turmasiga tashlangan. 1932-yil Abdurahmon G‘oyibiy Butirka turmasida yurak kasalidan vafot etgan.

Jadidlar.uz saytidan olindi.