Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


POLVONNIYOZ HOJI YUSUPOV

img

(1861–1936)

Bolaligi. Xorazm jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, yosh xivaliklar partiyasining asoschisi va davlat arbobi boʻlgan Polvonniyoz Hoji Yusupov 1861-yili Xiva shahrida tugʻilgan.

Polvonniyoz hoji Yusupov savdogar oilasidan chiqqan ziyoli jadidlardan boʻlgan. 1904-yili Turkiya, Misr, Suriya mamlakatlarida va Makka shahrida boʻlib, haj ziyoratini amalga oshirgan.

Maʼlumoti. Eski maktabda tahsil olgan. U arab, fors, rus tillarini yaxshi bilgan.

Mehnat faoliyati. Savdo ishlari bilan shugʻullangan. 1914-yili u jadidlarning “soʻl oqimi”dan ajralib chiqqan yosh xivaliklar partiyasini boshqargan. Polvonniyoz Yusupov 1917-yil 5-aprelda Xiva xoni Asfandiyorxonga taqdim etilgan davlat boshqaruvida islohotlar oʻtkazish toʻgʻrisidagi manifest mualliflaridan biri edi. Manifestga binoan 1917-yil 8-aprelda Xiva xoni huzurida mamlakatni yangicha boshqarish uchun Majlis tuziladi. Polvonniyoz Yusupovga Rossiya hukumati va rus qoʻshinlari bilan munosabatlarni barqarorlashtirish vazifasi yuklatildi. Biroq Asfandiyorxonning jadidlarga qarshi siyosati natijasida Yusupov 1917-yil oxiridan boshlab 2 yil davomida Toshkentda muhojirlikda yashadi. Turkkomissiya muhojirlikdagi yosh xivaliklar partiyasidan Xiva xonligini agʻdarib, Xorazmda sovetlar andozasidagi yangi hukumat tashkil qilishni rejalashtiradi. 1918-yil boshida Toshkentda muhojir yosh xivaliklardan tashkil qilingan Komitet bolsheviklar taʼsirida edi.

Polvonniyoz Yusupov 1918-yil boshlaridan bolsheviklar taʼsiridagi “Yosh xivaliklar” inqilobiy qoʻmitasi raisi boʻlib faoliyat olib borgan. 1919-yili esa Turkiston ASSR Milliy ishlar xalq komissarligida Turkman shoʻbasi boshligʻi vazifasini bajaradi. Xiva xonligi agʻdarilgach,  yangi tashkil qilingan Xorazm Jumhuriyati Nozirlar Shoʻrosida 1920-yil 27-aprel – 1921-yil 6-martgacha birinchi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. Polvonniyoz Yusupov XXSR hukumati raisi sifatida mustaqil siyosat yuritish va Xorazm Respublikasida demokratik islohotlarni qaror toptirish uchun intilgan. Biroq Turkiston komissiyasi (Turkkomissiya) va Turkiston fronti qoʻmondonligi Polvonniyoz hoji Yusupovning bu siyosatiga qarshi chiqib, Xivada yangi hukumat toʻntarishini amalga oshirishgan. Yusupov faol siyosiy kurashdan voz kechganligi uchun keyinchalik bolsheviklar tomonidan afv qilingan. 1926-yil 10-yanvardan Xorazm viloyat Ijroiya qoʻmitasi raisining xoʻjalik boʻyicha oʻrinbosari boʻlib ishlaydi. Keyinchalik Ichanqalʼa muzeyida xizmat qilgan.

Oʻlimi. Polvonniyoz Yusupov 1936-yil 1- mayda vafot etgan.


Jadidlar.uz saytidan olindi.