Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

Biz haqimizda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 22-dekabrda o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida jadid bobolarimizning milliy taraqqiyotni har tomonlama jadallashtirish, ziyoli va ijodkorlarni birlashtirishga daxldor tashabbuslari qatorida “Jadid” gazetasini ta’sis etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi hamda ushbu nashrni yangi yilning birinchi kunida chop etish taklifini ilgari surdi.

Davlat rahbari tashabbusi bilan 2024-yilning ilk kunida “Jadid” gazetasi chop etildi.

Gazeta 2023-yil 26-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 195115 raqam bilan ro‘yxatga olingan.

Gazeta sahifalarida buyuk millatparvar, ma’rifatparvar bobolarimizning millatni isloh etishga oid g‘oyalari, “Manbalar”, “Tamaddun”, “Oyina”, “Boqiy meros”, “Davr ruhi”, “Meros”, “Moziy sabog‘i”, “Fikr maydoni” kabi ruknlar ostida taniqli adabiyotshunoslar, yozuvchilar, publitsistlar, olimlar, tarixchilarning ilmiy-ommabop maqolalari joy olgan.  

“Jadid” gazetasining bosh muharriri O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol MIRZO.

Jadid.uz “Jadid” gazetasining rasmiy sayti hisoblanadi. Saytdagi maqolalardan foydalanilganda unga havola ko‘rsatish va “Jadid.uz saytidan olindi” jumlasini kiritish so‘raladi.

Manzil:
Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 69-uy

Biz bilan aloqa:
Qabulxona: (71) 203-24-20
Devonxona: (97) 745-03-69
Pochta: jadidgzt@mail.ru
E-xat: Jadid_gazetasi@exat.uz