Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


AFANDIXON AXTARIY

img

(1870–1946)

Bolaligi. Afandixon Ortiqxo‘ja eshon o‘g‘li Axtariy 1870-yili Toshkentning Sebzor daha, Hovuzbo‘yi mahallasida dunyoga keldi.

Ma’lumoti. Yetti yoshidan mashhur maktabdor domla Ismatulloh qoriga qatnab xat-savod chiqardi. O‘ttiz pora “Qur’on”ni yod oldi. So‘ngra Beklarbegi madrasasiga o‘tib, Shomahmud Oxundda va Qo‘qonu Buxoro madrasalarida o‘qib, “xatmi kutub” qildi. Yoshlikdan she’riyatga qiziqdi. Shoirlikda ustozi Pirmuhammad A’lam (1858 – 1933) edi. Arab, fors va o‘zbek tillarida ijod qilgan. Mo‘minjon Toshqin: “Butun yozgan she’rlari mingga yaqin keladi. Biroq bular devon holiga kelmasdan tarqoq holda qolgan”, – deb ma’lumot beradi.

Afandixon Axtariy – asr boshidayoq she’rlari an’anaviy ruhdan milliy ruhga yuz burgan shoirlardan. Chunki millat “zindoni zillat ichra” mahbus, istibdodu jaholat iskanjasida tutqun edi. Bunday chog‘da Axtariy “xizmati milliy”da bo‘lgan har qanday zotni “millatni xushro‘si” deb madh etdi. Millat g‘amini yegannigina “odam hisob etgil”, deb o‘git berdi. Demak, shoir uchun milliy she’r bitish ham, nainki zamonning talabi, balki insoniylikning bosh belgisi darajasiga ko‘tarildi. Shundan, Axtariyning “ma’shuq”i o‘zgardi. Millatni ilmga da’vat qildi: “Ilm ma’shuqig‘a bo‘lg‘il volai ham dilfirib”, – deydi shoir.

O‘limi. Afandixon Axtariy 1946-yili Toshkent yaqinidagi Qo‘shqo‘rg‘on qishlog‘ida vafot etgan.