Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


HASANXON NIYOZIY

img

(1895 – 1937)

Bolaligi. Hasanxon Niyoziy ziyoli, pedagog olim. U 1895 yilda Andijonda tug‘ilgan. Bobosi Muhammadxon Niyoz о‘g‘li, otasi Matmusa (Muhammad Musa) asli Andijon viloyatining Oltinkо‘l tumanidan bо‘lgan. Onasi Hanifa otin ziyoli ayollardan edi. Uning Husanxon va Salimxon ismli ukalari bо‘lgan.

Ma’lumoti. U dastlab eski maktabda, 1902–1912 yillarda madrasada ta’lim olgan. Sо‘ng 4 yil davomida rus-tuzem maktabida о‘qigan.  Musiqa va rasm chizishni mustaqil о‘rgangan.

Mehnat faoliyati. U 1917 yildan  “SHо‘roi Islom”ning Andijondagi faoliyatida ishtirok etgan. 1917–1927 yillarda diniy sohada faoliyat yuritgan. Hasanxon Niyozov 1919–1921 yillari qurolli qarshilik harakatining faoliyatida ishtirok etgan, qо‘rboshilarni qо‘llab-quvvatlagan. Andijonda 1921 yilda “Milliy ittihod” tashkilotiga raislik qilgan. Bu tashkilot doirasida ma’rifatparvarlar bilan yaqin aloqada bо‘lgan. Andijondagi maktablarda ta’lim bergan. 1927 yil otasi vafot etgach, padari buzrukvori ishini о‘z zimmasiga olgan. 1932–1934 yillarda Andijon suv xо‘jaligi idorasida miroblik vazifasida ishlagan. 1934–1937 yillarda shahardagi 18-о‘rta maktabda о‘qituvchi bо‘lib ishlagan va ayni vaqtda о‘qituvchilar tayyorlash bilim yurtining kechki bо‘limida о‘qigan. 1937 yil iyul oyida qamoqqa olingan.

Oilasi. Toiraxon G‘ozixо‘ja qizi bilan oila qurgan. Ularning Odilxon, Basimaxon, Sitoraxon, Nohidxon ismli farzandlari bо‘lgan.

О‘limi.  Hasanxon Niyozi birinchi bor 1931 yili DSB organlari tomonidan hibsga olingan, 5 kun turmada saqlangan. 1931 yil “aksilinqilobchi” arboblardan Muso Nurullo hojining muhojirlikka chiqib ketishiga yordamlashganlikda, yapon fashistlarini maqtab, “Musulmonobod” davlat tuzish g‘oyasini targ‘ib etganlikda ayblangan.

1937 yil 2 iyulda Ichki Ishlar Xalq komissarligi tomonidan “Milliy ittihod” tashkiloti a’zosi sifatida hibsga olinadi. О‘zSSR IIXKsi “uchligi” tomonidan 1937 yilning noyabrida otuvga hukm qilingan.