Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


MAZHARIDDIN BURHONOV

img

(1878–1937)

Bolaligi. Mazhariddin Burhonov 1878-yilda Buxoro shahrida mudarris oilasida tugʻilgan. Buxorodagi jadidchilik harakatining faol aʼzolaridan. O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bastakori Mutal Burhonovning katta amakisi. Saudiya Arabistonining Makka va Madina, Hindistonning Dehli va boshqa shaharlarida bo‘lgan.

Burhonlar ilk o‘rta asrlardan boshlab Buxorodagi badavlat xonadon hisoblangan. XX asr boshlaridan boshlab sulola vakillari Buxorodagi jadidchilik harakatida muhim o‘rin tutishgan.

Maʼlumoti. Eski maktabda, so‘ngra madrasada taʼlim olgan. 1918-yili Mazhariddin Burhonov ukasi Muhammir Burhonov bilan Turkiyaga ko‘chib ketgan va Istanbul universitetida taʼlim olgan.

Faoliyati. 1921-yilda Buxoroga qaytgan. 1922-yilda Buxoro Xalq SHo‘ro Jumhuriyati Maorif nozirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Buxoroda tuzilgan “Nashri Maorif” tashkiloti tarkibida faoliyat ko‘rsatgan. 1932–1933-yillarda Dushanbeda, 1933–1936-yillarda Toshkentda yashagan va ishlagan. 1936-yilda Samarqandga ko‘chib kelgan va o‘qituvchilik qilgan.

Oilasi. Mazhariddin Istanbulda turk millatiga mansub Saʼdiyaxonimga uylangan (farzandlari bo‘lmagan).

O‘limi. Mazhariddin Burhonov 1937-yil qamoqqa olingan va aka-ukalari bilan birgalikda 1937-yil 25-oktabrda Toshkent shahrida otib tashlangan.

Jadidlar.uz saytidan olindi.