Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


NE’MАT NАRZULLАYEV

img

(1909–1938)

Bolaligi. Ne’mat Narzullayev 1909 yili Buxoro jadidlari yetakchilaridan G‘.Narzullo о‘g‘li oilasida tug‘ilgan. Jadidchilik g‘oyalari ta’sirida ulg‘aygan va ularning izdoshi sifatida ulg‘aygan.

Ma’lumoti.  Ne’mat Narzullayev 1922 – 1926 yillarda Germaniyada avval Real gimnaziyasida 4-sinfni tugatib, sо‘ng Zarau shahridagi tekstil institutiga о‘qishga kirgan va institutda birinchi kursni tugatishi bilan majburan SSSRga qaytarilgan.

Faoliyati. N.Narzullayevning Germaniyada olgan ilk mataxassiligi noshir-harf teruvchi edi. U qator yillar “Buxoro proletari”da tipografiya boshlig‘i va adabiy tarjimon bо‘lib ishlagan. 1937 yil 15 noyabr kuni “Buxoro proletari”dan ishdan olingan, sо‘ng Buxorodagi “16-partsyezd” tо‘quvchilik fabrikasida zavxoz, biblioteka mudiri vazifasida ishlay boshlagan.

О‘limi. Ne’mat Narzullayev 1938 yil 12 yanvar kuni qamoqqa olingan va 1938 yil 23 oktabrida hech bir aybi isbot etilmasdan Samarqandning о‘zida otilgan.