10.08.2024 | 18:16
2305
10-AVGUST – ERKIN A’ZAM TAVALLUD TOPGAN KUN
Erkin Aʼzam 1950-yil 10-avgustda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tugʻilgan. 1972-yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Erkin Aʼzamning yozuvchilikdagi ilk uchqunlari maktab davridayoq porlay boshlagn. Uning “Inson” hikoyasi 1966-yilda viloyat gazetasida chop etilgan. Keyinchalik uning “Chiroqlar oʻchmagan kecha” nomli hikoyalar toʻplami 1977-yilda chop etilgan. Biroz tanaffusdan keyin, anqirogʻi 1981-yilda yozuvchining “Otoyining tug’ilgan yili” nomli qissa va hikoyalar toʻplami chop etilgan. Erkin Aʼzam “Otoyining tug‘ilgan yili” toʻplami uchun Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining maxsus mukofoti bilan taqdirlangan. Shundan soʻng isteʼdodli yozuvchining “Olam yam-yashil”, “Javob”, “Bayramdan boshqa kunlar”, “Mir v tsvetax”, “Pakananing oshiq koʻngli”, “Kechikayotgan odam” singari bir qator roman, qissa va hikoyalari ketma ket chop etilgan. Yozuvchining “Jannat oʻzi qaydadur”, “Shajara”, “Farrosh kampirning tushi”, “Xonadon egasi”, “Tanho qayiq yoxud devonaning orzusi” kabi yozilgan asarlari asosida respublikamiz teatrlarida pyesalar sahnalashtirilgan va muvaffaqiyatga erishgan.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Erkin Aʼzam qalamiga mansub asarlar rus, ukrain, belarus, qozoq, tojik, turkman, bolgar, gruzin tillariga tarjima qilingan. 2015-yilda yozuvchining qissalar toʻplami Angliya va Fransiyada chop etilgan.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
83
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132



