Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


16.11.2026 | 16:15

img28

“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat

– Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz!

– Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim qadam böldi bu. Javohir yana çempionlik naşidasini suryapti. Mukofot jamğarmasi 425 ming dollar bölgan musobaqada 1-örin uçun 125 ming dollar, alohida partiyalardagi ğalabalar uçun qöşimça tölovlar va maxsus jekpot bilan birga umumiy yutuği 168 ming dollar berildi ğolibga. Bu raqamlarni ma’lumot uçun keltiryapman. Asosiysi, uşbu ğalaba katta sinov oldidan nevaramga kötarinki kayfiyat bağişladi. Bu yanada dadil dona surişiga kuç böladi.

Samarqandda ötgan 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasida erişgan tarixiy ğalabamizning şukuhi hamon tarqagani yöq.

Özbekiston 200 dan ziyod mamlakatdan 2 mingga yaqin eng kuçli va maşhur grossmeysterlar, nomdor jamoalar iştirok etgan bellaşuvlarda ikki karra olimpiada çempioni, degan yuksak şarafli unvonga ega böldi. Farzandlarimiz yutuğining ahamiyati şundaki, ular amaldagi Olimpiada çempioni – Hindiston, qadimiy şaxmat maktabiga ega bölgan Xitoy va olti karra Olimpiada çempioni bölgan AQŞ jamoalarini mağlub etdi. Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Muhiddin Madaminov, Şamsiddin Vohidov, Jahongir Vohidov, Javohir Sindorov nomlari butun dunyoga aks sado berdi. Paraşaxmatçilarimizning jasorati va matonatini gapirmaslik mumkinmi?! Birinçi marta bronza medalini qölga kiritdik bu yönalişda.

Muhtaram Prezidentimiz bu şonli ğalaba munosabati bilan şaxmat böyiça Özbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yölladi. Davlat rahbarining bu qadar ğamxörligi hamma mamlakatda ham köriladigan hodisa emas. Şavkat Mirziyoyev şu bilan kifoyalanmay, “46-Butunjahon şaxmat olimpiadasi va 3-Paraşaxmat olimpiadasi ğoliblari va iştirokçilarini mukofotlaş töğrisida”gi Farmonga imzo çekdi va faxriy unvon, orden va medallarni öz egalariga şaxsan topşirdi. Menga ham “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi” faxriy unvoni, Javohirga “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni berildi. Bundan ortiq e’tibor, e’tirof va ehtirom bölişi mumkinmi?!

Yurtboşimiz yuksak mamnuniyat bilan: “Sizlar – Yangi Özbekiston qahramonlari, jahon şaxmat olamida yangi tarix yaratgan oltin avlodsiz. Butun xalqimiz sizlar bilan çeksiz faxrlanadi, ğururlanadi. Uşbu nufuzli musobaqalarda sizlar tengsiz aql va tafakkur egalari bölgan Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farğoniy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy kabi buyuk ajdodlarimizga munosib voris ekaningizni amalda namoyon etdingiz”, deya ta’kidladi.

– 29-sentyabrdagi taqdirlaş marosimini butun xalqimiz katta quvonç va hayajon bilan kuzatdi. Ayniqsa, Prezidentimiz Javohirga jahon toji uçun bölajak bellaşuvda Özbekiston xalqi işonişini ta’kidlaganida, köziga yoş qalqmagan vatandoşimiz qolmadi hisob. Albatta, Javohirning bu yutuqlari bizga körinib turgan qismi. Ammo uning mehnatlari, çekkan maşaqqatlari doim ham omma köziga körinavermaydi. Buni, ayniqsa, Siz çuqur va teran his qilasiz.

– Şunday. Heç bir bola şaxmat tögaragiga özi kirib bormaydi, kimdir sababçi böladi. Doim aytaman, har bir çempionning orqasida bir qahramon turadi. Qahramonlik esa fidoyilikni talab qiladi. Jonfidolik ham kör-körona emas, aql va mantiqqa suyangan bölişi kerak. Hozir bolamni yedirib-içirib, ust-boşini but qilib qöysam böldi, deydigan zamon emas. Har bir farzandning içki dunyosini, qiziqişlarini örganiş, iqtidorini erta aniqlab, barvaqt yönaliş beriş kerak-da. Mana şu hafsala Vatan, xalq va yangi avlod oldidagi fidokorona iş böladi.

Javohirni tört yarim yoşidan şaxmat tögaraklariga olib borardik. Lekin bu bilan ham iş bitmaydi. Natijani közlagan kişi unga tizimli, tahliliy yondaşuv asosida, jiddiy qaraşi lozim. Yaxşi niyat va qat’iyat muvaffaqiyat garovi böla oladi. Javohir sakkiz yoşida Özbekiston çempioni böldi, öşa paytdan boşlab uni hali jahon çempioni bölasan, deb ruhlantirganmiz. U ana şu yuksak niyat bilan ösdi. Birgina Xitoyning özida yuzdan ortiq grossmeyster bor. Hammasi jahon çempionligiga harakat qiladi. Şu paytgaça şaxmat tarixida 18 nafar jahon çempionining nomi bitib qöyilgan. Ön töqqizinçisi bu yil aniqlanadi.

Buning uçun iste’dodning özi kifoya emas. Töğri, Javohir uç yoşida karra jadvalini bilardi, tört yoşida juda katta sonlar ustida ham tört amalni bajarardi. Şu jihatdan, şaxmatni tanlaganimiz bejiz emas. Ikkinçi omil ham bor – iqtidordan notöğri foydalanilsa, işlar boşqaça tomonga ham oğib ketişi mumkin. Bola toğ jilğasi, u böstonlarga oqişi yoki qumga singişi mumkin. Eng yomoni, turğun kölmakka aylanib qoliş. Şuning uçun ham iste’dodni töğri boşqariş muhim.

Mamlakatimizda şaxmat rivojiga berilayotgan doimiy e’tibor, yölga qöyilgan samarali tizim va qulay şaroitlar biz erişayotgan natijalarni ta’minlaşda muhim omil bölyapti. Yaqinda Prezidentimizning bu borada yana bir qarori qabul qilindi. Uşbu hujjat yaqin kelajakda yanada ulkan natijalar uçun mustahkam zamin yaratadi. Ayniqsa, xotin-qizlar şaxmatiga e’tibor berilayotgani sohaning uzoq yillik oğriğiga davo böldi. Bir paytlar çempion böladigan çoği bor qizlarimizning köpi e’tiborsizlik va qiyinçiliklar sabab sportni taşlab ketdi. Çunki suyanadigan ustun topolmadi, moddiy rağbat körmadi. Borib-borib örtada böşliq paydo böldi. Olimpiadada yigitlarimiz şohsupada, qizlarimiz 13-örinda. Bu, qizlarimizning salohiyati kam degani emas. Aslo! Biz bundan köpiga loyiqmiz. Agar ötgan davrdagi şaxmatçilarimiz bugun faoliyatda bölganida edi, qizlarimiz ham hozir olimpiadada birinçi örinni oliş imkoniga ega bölardi. Mana, şu yerda fidoyilik, iste’dod tarbiyasi va davlat e’tiborining ahamiyati körinadi. Şukur, bu borada ham katta işlar boşlandi, natijani kelgusi olimpiadalarda köramiz, nasib etsa.

Fidoyi insonlar nevarasi, bolasi böladimi, şogirdi böladimi, qölidan yetaklab, öşa katta sahnalargaça olib borişi kerak. Javohir uçun men şu vazifani bajarganman. Buning samarasini juda erta kördik. Özbekistonda boşlangan islohotlar iste’dodlarning yuzaga çiqişini tezlaştirib yubordi. Balki şuning uçundir, ilmim, ijodim, faoliyatim bir tomonda qolib, Javohir Sindorovning bobosi bölib tanildim.

– Darhaqiqat, Javohir haqida köp yozildi, gapirildi, kelgusida ham bundan-da köp qaytamiz yoş grossmeysterimizga. Keling, suhbat özanini faoliyatingizga bursak. Ergaş Jumanbulbulning avlodi ölaroq, sönggi yillarda detektiv asarlaringiz bilan kitobxonlar olqişiga sazovor bölyapsiz. “Tergovçi” rukni bugun yangi asr detektivi sifatida şuhrat qozonyapti.

– Özbekistonda beşta dostonçilik maktabi bölgan, şularning bittasi – Samarqand viloyatining Qöşrabot tumanidagi Qörğon qişloğida. Men şu muhit mevasiman. Onam kutubxonaçi edi, men esa detektiv asarlarni yoşligimda köp öqib, 6-sinfdan huquqşunos bölaman, derdim. Qarang, kitobning 20 ga yaqin xislati bor, bittasi kasb tanlaşda töğri yönaliş berişidir.

U paytlarda yuridik fakultetga kiriş oson emasdi. Oddiy öqituvçining öğliman. Maktabda muallimlar “Kirolmaysan baribir” deyişgan. Lekin men talaba böldim. Biz bitirgan 1983-yil olovli davrga töğri keldi. “Paxta işi”, “özbek işi” avj olayotgan, Gdlyan va Ivanov yangi qatağon ötiga moy sepib turgandi. Oddiy suvçidan respublika rahbariyatigaça “poraxör”, “öğri”, “yolğonçi” degan tamğa urilib, ğayriinsoniy usullar bilan yöq aybiga iqror qildiriş jarayoni ketardi. Bular hammasi Özbekistonni, özbek xalqini badnom qiliş, qudratli tölqin oldiga töğon qurişga qaratilgan harakat edi.

Oilamiz kayvonilari, olim ustozlarimiz tiyiqsiz fitna alangasi yoş kadrni kuydirişi yo bir yöla kulga aylantirişidan xavotirlanib, meni pedagoglikka yönaltirib yuborgan. Şuning uçun özim öqigan fakultetda öqituvçi bölib qolganman. Akademik Hojiakbar Rahmonqulov qöl ostida ilm bilan şuğullandim. Aspiranturani bitirgaç, yoşlik iştiyoqi zör kelib, respublika prokuraturasida iş boşladim. Bu endi Mustaqilligimizning dastlabki kunlariga töğri keldi. Öşanda iş yuritişda davlat tili – özbek tiliga ötiş talabi bor edi. Lekin öşa paytda respublika prokuraturasida özbek tilida yozadiganlar barmoq bilan sanarli edi. Şu davlatda yaşab, şu xalq xizmatidagi organ uning tilida erkin sözlaşiş va yoziş salohiyatiga ega emasdi. Yaqinda gazetangizda Boş prokurorning maqolasini öqib, quvondim: bugun Özbekiston prokurorlari nafaqat özbek tilida erkin muloqot qiladi va yozadi, balki davlat tiliga oid qonun talablari ijrosini nazorat ham qiladi. Şu kunlarga yetkazganiga şukurlar bölsin!

Hozirgaça 17 ta detektiv asar yozgan bölsam, ularning barçasi hayotiy material asosiga qurilgan. Yozuvçiligimiz tajriba zaminida ösib-undi. Köplab muxlislarim: “Asarlaringizni öqib, prokuratura, advokatura, sud haqidagi tasavvurlarimiz ijobiy tomonga özgardi. Oldin boşqaça tasavvur qilgandik”, deb aytadi. Men bugun qilayotgan eng katta iş şu tizimning içida zahmatkaş, adolatli insonlar köpligini yoşlarimizga, xalqimizga tuşuntirişdan iborat, deb bilaman. Prokuratura jazolovçi emas, yordam beruvçi tizim ekanini badiiy ifoda etaman. Ön yil oldingi qaraşlar, munosabatlar ötib ketdi… Adliya va kuçişlatar tizimlarning tafakkuri özgardi.

Alohida ta’kidlaşni istardimki, detektiv janr deganda köngiloçar, boşqotirmani tuşunmaslik kerak. Janr men uçun vosita, zamirida esa tarix bor. Boşqaça aytganda, buning içida jadid bobolarimizning orzulari, muşkul zamonlarda yaşab ötgan insonlar armoni, bugun va kelajakning umidlari ham yotibdi-da.

– Keçirasiz, ustoz, şu örinda Sizning yozuvçi sifatida eng oğir janr – detektivga oşno bölganingiz tub zamirida ham tafakkur kengligi, fantaziya uçqurligini öylab, nevarangiz Javohir DNKsida ana şu unsurlar takomil topib, aql bahsi bölgan bellaşuvlarda ğolib bölayotgan ekan-da, degan töxtamga keldim…

– Uzr, lekin men bu haqda öylab körmagan ekanman. Umuman, real voqelikni ideallaştirişga qarşiman. Albatta, hammamiz Yurtboşimiz lutf etganidek, daholar vorislarimiz. Ammo DNKni uyğotiş uçun mehnat, e’tibor, şaroit va intizom kerak, deb hisoblayman. Biz Javohirni şu tariqa şakllantirganmiz.

– Xöp, mayli. Lekin men öz fikrimda qolaman. Boya iste’dodga turtki kerak, dedingiz. Roman va qissalarga qöl urişingizda kim yoki nima turtki bölgan?

– Köpçilik singari men ham şe’r yozişdan boşlaganman. Şe’rlarim xalqona yölda bölgani uçun, negadir, jimjima satrlar oldida ğarib körardim, birovga körsatmasdim. Sekin-sekin töplanib qoldi. Bir kuni hammasini oqqa köçirib, taniqli publitsist Aşurali Jörayevga olib bordim. “Fan doktori bölsangiz, sudning raisi bölsangiz, şe’riyatda nima qilasiz, birovning boğiga ötmang”, deb hazillaşgan. Lekin bir haftadan keyin şe’rlarimni gazetada çiqargan. Şu ruh berdi, ijodda davom etdim. 2007-yili Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a’zoligiga qabul qilindim.

Men detektiv asar yozaman, deb heç qaçon öylamaganman. Balki bir voqea yuz bermaganida, yozmasdim ham. Kunlarning birida ustoz Xudoyberdi Töxtaboyev yöqladi. “Şe’rlaringizni öqidim. Menga yoqdi, böşaşmang. Lekin şoir emasman. Meni sözboşingiz qiziqtirib qöydi. Yurist ekansiz-ku. Tergovda, prokuraturada, sudda işlagan ekansiz. Detektiv asarlar yozadigan heç kim qolmayapti. Şu janr oqsab yotibdi. Nasrda yozsangiz, qanday bölarkin? Mana, qölingiz kelib qolibdi-ku”, dedi. “Unaqa asar yozolmasam kerak, yoşim ham yangi yöl oçişga ötinqirab qolganmi” dedim, bahona izlab. “Endi 49 ga kiribsiz. Yoş bola ekansiz-ku hali”, dedi ustoz hazillaşib.

U kişi yuragimga çöğ soldi. Jizzaxga borib, öşa kundan boşlab har kuni bir soatdan yozişga odatlandim. Bir yilda 300 betlik asar tayyor böldi. Istihola bilan qölyozmani ustozga yetkazdim. Borişga uyaldim, oçiği. Uç kundan keyin çaqirib: “Qöldan kelgança bir-ikki joyini tahrir qildim. Dardingiz möl ekan. Detektiv asarning öziga yaraşa 20 ta xususiyati bor. Siz bilmasangiz ham mos qilib yozgansiz. Bu köp öqişdan. Rosmana milliy detektiv bölibdi. Bosamiz!” – dedi, sözboşi ham yozdi.

– Katta ustozlar saboği va duosini olgan ekansiz. Bugun özingiz ham ustozsiz. Davlatimiz rahbari bejiz Sizni yoşlar murabbiysi sifatida e’tirof etmagan. Özingiz yoşlarga qanday tavsiya bergan bölar edingiz?

– Inson komillikka erişişi, köp işga ulgurişi, armonsiz ötişi uçun uçta narsani yoddan çiqarmasligi kerak. Birinçisi, bir kunda kamida bir soat ilm oliş. Buning içiga şaxmatni ham qöşaman. Ikkinçisi, har kuni bir soat jismoniy tarbiya – jismni poklaş uçun kerak. Masalan, özim har kuni bir yarim-ikki soat tennisga boraman. Uçinçisi, bir kunda bir soat – ibodat. Bu keng ma’noda köngilni poklaş uçun. Men bugun nimaga erişgan bölsam, farzandlarim, nevaralarimning muvaffaqiyatlari ham mana şu uç tamoyilga qurilgan.

Bolaning begonasi bölmaydi, deydi xalqimiz. Ba’zi ösmirlarning, yoşlarning tutumlariga qarab açinib ketaman. Masalan, turk, ingliz, rus tillarini örganyapti-da, ulardan foydalanişga ulgurmay, törtinçi, beşinçi tilni örganişga kirişib ketyapti. “Siz köp til bilişga qarşimisiz?” degan savol tuğilişi mumkin. Aslo! Faqat aytamanki, baraka topgur, dunyo degani faqat til örganiş emas. Tilning işingda, öqişingda asqotadiganini örgan. Kasb-hunaring bölmasa, bilimingni işlatmasang, nima böladi?

Kitob öqiş ham şunaqa. Qölga tuşganini öqiş mutolaa emas. Kitobni tanlaş muhim. Befoyda öqiş umrni isrof qiliş bilan teng. Davlatimiz rahbari şuning uçun ham yangi tuzilmaga “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş jamğarmasi” deb nom berdi. Har işning öz madaniyati bor-da. Yigit-qizlarning qölidagi kitoblarga qarasam, köpi tez va oson pul topişni örgatiş da’vosidagi asarlar. Nomi çiroyli, reklamasi qiziq bölsa, ergaştirib ketadi-da. Qölida telefon turibdi: Internetga kirib öşa muallifning iqtisodiy ahvolini bilib olsin. Xazinaning kaliti qölida bölgan odam undan foydalanmay, boşqalarga berib qöyadimi? Köpçiligi mana şu kitoblar savdosi orqali boy bölgan. Iqtisodiy bilimni oşiruvçi kitob bilan motivatsiya beruvçi kitobning farqi bor.

– Ustoz, bugungi suhbat samimiy, köp qirrali va katta-kiçikka birday manfaatli böldi, nazarimizda. Javohir Sindorov kabi yoş daholarning qay muhitda tuğilib, tarbiya topganini odamlarga sodda va ravon tilda tuşuntirib berdingiz. Har bir sözingiz şaxmat yurişlariday aniq hamda puxta böldi. Kelgusi ijodiy işlaringizda yuksak parvozlar yor bölsin! Jahon şaxmat toji sohibining bobosi bölişni tilab qolamiz!

Zarnigor IBROHIMOVA suhbatlaşdi.

“Jadid” gazetasining 2026-yil 13-noyabrdagi 46-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img58

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img584

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img581