Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.07.2024 | 07:28

img3265

12-IYUL – ABDULLA AVLONIY TAVALLUD TOPGAN KUN

XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri, maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkentda Mergancha mahallsida toʻquvchilar oilasida tugʻilgan.

Oilasidagi moddiy yetishmovchiliklar sababli bolaligidan suvoqchilik, gʻisht quyish, pechkachilik, binokorlik, duradgorlik kabi kasblar bilan shugʻullangan. Bularning ortidan “Imoratchi usta” degan nom oladi. U tarjimai holida bu haqida shunday yozgan: “12 yoshimdan Oʻqchi mahallasidagi madrasada dars oʻqiy boshladim. 13 yoshimdan boshlab yoz kunlari mardikor boʻlib ishlab, oilamga yordam qilib, qish kunlari oʻqir edim. 14 yoshimdan boshlab, oʻsha zamonga muvofiq har xil sheʼrlar yoza boshladim. Bu zamonlarda “Tarjumon” gazetasini oʻqib, zamondan xabardor boʻldim”. Oʻqchidagi eski maktabda, soʻng madrasada oʻqigan. Madrasani bitirib, maktabdorlik bilan shugʻullandi. Orenburg, Qozon, Tiflisda chiqib turgan gazeta-jurnallarni kuzatib borgan.

Avloniy XX asr boshida jadidlik harakatiga qoʻshildi. Toshkentdagi jadidlarning faol ishtirokchilaridan biri sifatida tanildi. 1906-yildan sheʼrlari bilan matbuotda qatnasha boshlagan. Arab, fors, rus tillarini oʻrganib, bu tillarda ijod qilgan mutafakkirlarning asarlarini oʻqigan, baʼzilari (masalan, Lev Tolstoy, Konstantin Ushinskiy asarlari) ni oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Avloniy yangi maktablar uchun “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq“, “Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar” toʻplami, “Maktab gulistoni”, “Mardikorlar ashuvlasi” kabi qoʻllanma va oʻqish kitoblar yozib, nashr qildirgan.

Avloniy Toshkentda 1934-yil 25-avgustda 56 yoshida vafot etgan va Botkin koʻchasidagi qabristoniga dafn qilingan.

Avloniy 1900-yilda toshkentlik savdogarning Salomatxon ismli qiziga uylangan. Ularning 7 nafar farzandi boʻlib, ular: Savriniso, Karima, Kunduz, Hakima, Asadilla, Otaliq va Kenja.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img83

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132