Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


17.07.2024 | 09:35

img642

17-IYUL – NE’MAT AMINOV TAVALLUD TOPGAN KUN

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Ne‘mat Aminov 1937-yil 17-iyulda Buxoro viloyati Romitan tumanida tug‘ilgan. Buxoro pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tamomlagan. Viloyat radioeshittirish qoʻmitasida muharrir va bosh muharrir, “Mushtum” jurnalida masʼul kotib, bosh muharrir, “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharrir oʻrinbosari, respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi rahbari kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Birinchi hajviy hikoyalar toʻplami – “Ikki pullik obroʻ” nomi bilan 1966-yilda nashr etilgan. Soʻng “Qirq uchinchi pochcha”, “Labihovuz xandalari”, “Chinorlar qoʻshigʻi”, “Yelkasiz polvon”, “Oʻgʻri mushukcha”, “Qahqaha”, “Yallama-yorim”, “Cholbolaning ertaklari” va boshqa hajviy toʻplamlari eʼlon qilingan. 1976–1983-yillarda “Yelvizak” va “Suvarak” qissalari asosida “Yolgʻonchi farishtalar yoxud yelvizakfeʼl va suvarakmijoz Bashirjon Zaynishev hayotidan” hajviy romanini yaratdi.

Uning hajvchilik ijodi adabiyotda oʻziga xos milliy boʻyoqlarga boyligi bilan ajralib turadi. Uning ijodiga xos xalqchillik “Bir asr hikoyati” asarida namoyon boʻldi. N.Aminov otasidan eshitgan voqealar va hikmatlar silsilasi asosida donishmand Sharq kishisining ajoyib obrazini yaratdi. N.Aminov asarlari bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan. “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img83

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132