22.06.2024 | 10:26
2610
22-IYUN – ERIX MARIYA REMARK TAVALLUD TOPGAN KUN

Nemis yozuvchisi Erix Mariya Remark 1898-yil 22-iyunda Germaniyaning Osnabryuk shahrida tavallud topgan. G‘arbda “Yo‘qotilgan avlod” deb atalgan adabiyotning yirik vakili. 1-jahon urushi qatnashgan yozuvchi asarlarida urush dahshatlari, 2-jahon urushi yillari va undan keyingi davrdagi hayotni, fashizmning mudhish qiyofasi, ma’naviy ezilgan, o‘zini jamiyatdan begonalashgan deb his qiluvchi kishilar qismati aks etgan “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” (1929) asari uchun gitlerchilar Remarkni nemis fuqaroligidan mahrum etgan. 1932-yildan muhojirlikda yashay boshlagan. Urushda ma’naviy shikastlangan avlodning ayanchli hayoti “Qaytish” (1931) romanining asosiy mazmunini tashkil etadi. “Uch do‘st» (1938), “Zafar darvozasi” (1946), “Hayot alangasi” (1952), “Hayot-mamot pallasi” (1954), “Qora haykal” (1956), “Osmon hech qanday seviklini bilmaydi” (1961), “Lissabondagi tun” (1963), “Jannatdagi soyalar” (1971) va boshqa asarlar muallifi. “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q“ va boshqa asarlaridan parchalar o‘zbek tiliga tarjima qilingan. 1970-yil 25-sentabr kuni 72 yoshida Shveytsariyaning Lokarno shahrida vafot etadi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
83
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132



