26.04.2025 | 09:10
10132
26-aprel kuni tavallud topganlar
Botir Zokirov – Oʻzbekiston xalq artisti;
Muhammad Yusuf – Oʻzbekiston xalq shoiri.

Qadim O‘zbekmomo kuyi yodimda,
Yodimda chechaklar kulgan Chambili.
Har gal konsertiga kirgan chog‘imda,
Yaltiroq choponli “Yalla” ansamblin,
Botir Zokirovni o‘ylayveraman.
Qizlar qarsak chalar – ta’sir shunaqa,
Qizlar hushtak chalar – asr shunaqa.
“Yalla” zalga sochib sumalak isin
Kuylar “boychechagim – boylandi”sini,
Botir Zokirovni o‘ylayveraman.
Goh chiqib ketaman, sezmaydi birov,
Bu joylarda meni kim ham taniydi.
Og‘aynilar, men ham dunyoda bir kun
Bitta qo‘shiq aytib o‘lsam mayliydi…
Botir Zokirovni o‘ylayveraman.
Ziyrak qorovul chol to‘sar yo‘limni,
Xo‘rsinar. Jim siqib qo‘yar qo‘limni.
Hech qanday ansambl ovuta olmas,
Bu kun rayhon hidli ma’yus ko‘nglimni,
Botir Zokirovni o‘ylayveraman…
Ketaman. Kelaman uni so‘roqlab
Qo‘limda dehqon yurtning jambili, men.
U endi kuylamas bag‘rimni dog‘lab,
Sen kuylayver “Yalla” ansambli, men –
Botir Zokirovni o‘ylayveraman!
Muhammad YUSUF
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
42
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
64
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
123



