06.06.2024 | 20:05
303
7-IYUNDA TAVALLUD TOPGANLAR:

Neʼmat Arslon 1941-yil 7-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Miraki qoʻrgʻonchasi yaqinidagi Takiya qishlogʻida dunyoga kelgan. “Mahmasharif xabardor”, “Ayol suvratiga chizgilar”, “Bir yigitning xayoli”, “Quyoshning koʻz yoshlari”, “Dengizda suzardi bir kema”, “Kafolat”, “Qoʻmondon” kabi asarlar muallifi. Adibning ikkinchi kitobi “Ayol suvratiga chizgilar” deb nomlandi. Bu kitobga “Muhabbat oʻyini”, “Osmonning boʻyogʻi”, “Aravakash”, “Oqqanotli kapalak”, “Enaga”, “Bugʻdoyzorda”, “Betakror hilqat” kabi bir qator hikoyalar jamlangan. U oʻtgan asrning 90-yillarida modernizm yoʻnalishida “Adam vodiysi”, “Mavhumot” nomli romanlarini yozdi. Neʼmat Arslon oʻz asarlari haqida shunday deydi: “Men har bir asarimni jahon adabiyoti asarlariga xos qilib yozishga harakat qilaman. Baʼzida hayot tashvishlaridan charchasam, asarlarimdagi oʻzim yaratgan Keshkash shahriga qochib ketaman. Uning koʻchalari, xiyobonlari, oʻzim yaratgan shu shahar kishilari davrasida yashayman”.

Normurod Norqobilov 1953-yil 7-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani Qishliq qishlogʻida dunyoga kelgan. “Unutilgan qo‘shiq”, “Zangori qo‘l”, “Yuzma-yuz”, “Temur g‘ori”, “Arazchi chumchuq”, “Sariqgul”, “Jo‘shqin daryo”, “Bekatdan oq uycha”, “Dasht-u dalalarda”, “Tog‘dagi yolg‘iz odam” kabi roman, qissa, hikoyalar muallifi. Yana bir qator asarlari esa rus, qozoq, qirgʻiz, turk, tatar, ingliz, arab tillariga tarjima qilib o‘girildi. Bolalarga atalgan hikoyalari qirgʻiz va qozoq maktablari boshlangʻich sinf darsliklariga kiritildi. “Quyosh botmaydigan yurt”, “Belbog‘”, “Shim yoxud xotinlar janjali” shu kabi videofilmlar uning asarlari asaosida suratga olindi. Normurod Norqobilov “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoni va “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
99
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
136



