30.05.2025 | 13:10
311
AXBOROT ASRIDA JURNALISTIKA
Global axborot muhitida, o‘ziga xos voqealar va yangiliklar bilan to‘la dunyoda axborotning o‘rni va qiymati kundan-kunga ortib bormoqda. Hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib borayotgan axborot bugun bizdan nafaqat ongli tanlov qilish, balki ko‘plab xabarlarning mantiqsiz, keraksiz yoki hattoki zararli ekanligini farqlash qobiliyatini ham talab etadi. Vaqt o‘tishi bilan axborot olish jarayoni soniyalar ichida amalga oshadi, yuqoridan berilayotgan xabarlarga tezda munosabat bildirishimiz kutiladi. Ammo buning foydasi bilan birga salbiy ta’sirlari ham mavjud: bugungi kunda axborot orqali odamlarni boshqarishning yo‘llari ochilib bormoqda va bularning barchasi axborot urushlari davrida o‘z tasdiqini topmoqda.

Jurnalistlar bunday murakkab sharoitda har qachongidan ham sergak bo‘lishlari, ishonchli va to‘g‘ri ma’lumotlarni yurtimiz va xalqimizga yetkazishga intilishlari zarur. Axborotlar orqali odamlarni manipulyatsiya qilish holatlari kengayib borayotgan paytda, jurnalistlarning jamiyat oldidagi mas’uliyati yanada ortib bormoqda.
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, odamlarni xabardor qilishdagi ilk qadamlar turli jarchilarning ish faoliyatida aks etgan. O‘sha asrlarda ham odamlar xabarlarni eshitish, muhokama qilish uchun yig‘ilishardi. Ammo bu jarayon bugun yanada muhim va murakkab ahvolga kelib qoldi. Sobiq SSSR tajribasi bizga axborotni boshqarish va unda ijtimoiy ta’sir ko‘rsatish qudratini payqattirdi. Shu boisdan, halol va ishonchli jurnalistika bugungi kunda jamiyatimizning muhim ehtiyoji bo‘lib qolmoqda.
Jurnalistikaga bo‘lgan havasim men maktab o‘quvchisi ekanimdan boshlangan edi. Televideniyedagi ko‘rsatuvlarda boshlovchilik qilish, radioning jonli efirida odamlar bilan muloqot qilish menga juda yoqardi. Ammo vaqt o‘tishi bilan, men o‘sha ko’rsatilgan, yozilgan xabarlarning real hayotdan yiroq ekanligining guvohi bo‘ldim. Jamiyatda keraksiz axborotlarning ortishi, odamlarni o‘ylashga undovchi xabarlarga e’tibor qaratmaslik holatlari men uchun katta xavotirga sabab bo‘ldi.
Bularning barchasi mening jurnalistikaga bo‘lgan qarashlarimni o‘zgartirdi va bugun, jamoatchilik oldidagi vazifamni yanada yuksak his qila boshladim. Jurnalistika kasbi nafaqat axborot berish, balki jamiyatni fikrlashga undash, ularni uyg‘otish va haqiqatga asosan yondashishdan iboratdir. Shunday ekan, men o‘z kasbimni nafaqat shaxsiy maqsadlarim, balki jamiyatga foyda keltirish, haqiqiy ma’lumotlar berish va ijtimoiy masalalarga e’tibor qaratish burchim sifatida ko‘rganimni aytishim mumkin. Zero, erkin va fikrlovchi jamiyatni yaratilishi, har birimizning burchimizdir.
Shahrizoda HAMROQULOVA
O‘zJOKU talabasi
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
110
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
142

