20.06.2025 | 10:54
10275
Abduvali Qutbiddin tug‘ilgan kun
Abduvali Qutbiddin 1960-yil 20-iyunda tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1983).
Uning dastlabki she’riy to‘plami – “Nayson” (1988). Shundan so‘ng shoirning “Humo” (1989), “Baxtli yil” (1991), “Xayol kechasi” (1994), “Sen va sen uchun” (1996), “Uzoqdan olisga” (2007), “Bor” (2011), “Da’vat” (2014) kabi kitoblari nashr etilgan.

XABAR
Osima,
Laylaklar elchi – u yerdan,
Huv ana mezonlar, xabar olaylik.
Pag‘a-pag‘a yolqin, tomchi-tomchi rang,
Yog‘ar bir o‘lka bor, boraqolaylik.
Ko‘ngil arosida faryod tilkasi,
Armonlar to‘sibdi tig‘ baxtimizni.
Qush yo‘q rabotlarda kimning ko‘lkasi,
Eshitdi mungragan suhbatimizni.
Sen yulduz parisi to‘fon burjida,
Men qora tuynukda uloqqan balki.
Ummonday og‘riqdan singan gurziday
Osmonday kenglikka sig‘maydi shaklim.
O‘qishni bilsang gar Taqdir kitobin,
Bilib ber, ishq bormi o‘lmasdan burun.
So‘rab ber, sevgining manzil turobin,
Joy bormi, yuzpora ikkimiz uchun.
Osima,
Laylaklar qaytdilar ortga,
Adirlar qatiga yashrindi bahor.
Tinmay yog‘ayapti, biz yo‘q o‘lkada,
Pag‘a-pag‘a yomg‘ir, tomchi-tomchi qor.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
74
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
131



