Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


20.08.2025 | 16:35

img429

Islom sivilizatsiyasi markazida qurilish ishlari rejaga muvofiq davom etmoqda

2025-yil 19-avgust kuni soat 11:11 da Toshkent shahri Olmazor tumanida barpo etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi binolaridan birining tom qismida izolyasiya qoplamalarini yotqizish jarayonida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa texnologik qoidalarga rioya etilmagani sababli yuzaga kelgani ma’lum qilindi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida binoning 19 kvadrat metrlik qismi zararlandi, ammo binoda fuqarolar jabrlanmadi va ichki qism mutlaqo shikastlanmadi.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda voqeaga oid turli asossiz ma’lumotlar tarqalgani kuzatildi. Xususan, majmuada Markaz xodimlari faoliyat yuritayotgani va noyob artefaktlar zarar ko‘rgani haqida xabarlar tarqaldi. Rasmiy manbalar bu ma’lumotlarni rad etmoqda.

Ma’lum qilinishicha:
– Islom sivilizatsiyasi markazi xodimlari hali binoga ko‘chib o‘tmagan, chunki qurilish ishlari yakunlanmagan;
– Majmuada hech qanday tarixiy eksponatlar, jumladan, Ka’ba yopinchig‘i joylashtirilmagan;
– Barcha noyob artefaktlar alohida nazorat ostida xavfsiz binoda saqlanmoqda;
– Yangi majmua hali rasmiy ravishda qabul qilinmagan va foydalanishga topshirilmagan.

Qurilish ishlari “O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ (loyihachi), “Trest-12” AJ (bosh pudratchi), Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi (buyurtmachi) hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi maxsus direksiya tomonidan amalga oshirilmoqda. Shuningdek, loyihaga xorijning yetakchi kompaniyalari va dizaynerlari ham jalb etilgan.

Islom sivilizatsiyasi markazi rasmiylari qurilish jarayonlari belgilangan reja asosida davom etayotganini, yakunlanish arafasida ekanini ma’lum qildi. Shu bilan birga, jamoatchilikka rasmiy manbalar orqali e’lon qilinayotgan axborotlarga ishonish, turli asossiz xabarlarga e’tibor bermaslik tavsiya etildi.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img62

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img77

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img129