Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


03.11.2025 | 16:45

img359

ILM-U MADANIYATGA MEZBON SAMARQAND

Jamoliddin BADALOV

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-oktyabr kuni Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (YUNESKO) Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi

YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Samarqand “Sharq va G‘arb madaniyatlari va  sivilizatsiyalari chorrahasi” sifatida mashhur. Ushbu qadim kentning Bosh konferensiya o‘tkaziladigan joy sifatida tanlanishi O‘zbekistonning madaniy merosni asrab-avaylash borasidagi sa’y-harakatlari hamda fan, texnologiya, ta’lim va madaniyat sohasidagi xalqaro hamkorlikning jahon hamjamiyati tomonidan yuksak e’tirofi hamda mamlakatning jahon madaniy turizmi va ko‘p tomonlama almashinuvdagi ahamiyatini namoyish etadi. Markaziy Osiyoning eng qadimgi va eng ko‘zga ko‘ringan shaharlaridan biri sifatida Samarqand o‘zining ajoyib me’moriy yodgorliklari va boy tarixiy merosi bilan mashhur.

Shu munosabat bilan O‘zbekis­ton Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev barcha xalqaro hamkorlar va do‘stlarga 2025-yilda qadimiy Sa­mar­­qand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini o‘tka­zish to‘g‘risidagi tarixiy qarorni qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun samimiy min­natdorlik bildirgandi. Mintaqamizda birin­­chi marta o‘tkazilayotgan jahon miqyo­sidagi ushbu muhim tadbir xalqaro hamjamiyatga O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarining ulkan sivilizatsiya salohiyatini yana bir bor namoyish etadi.
E’tiborlisi, 2024-yil 16-mart kuni O‘z­be­kiston Prezidenti “2025-yilda Sa­mar­­qand shahrida YUNESKO Bosh kon­fe­rensiyasining 43-sessiyasiga tay­yorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘ri­sida”gi farmonni imzoladi. Unga muvo­fiq, tadbirning tayyorgarligini nazorat qilish uchun Tashkiliy qo‘mita tuzildi va zarur chora-tadbirlar faol ravishda amalga oshirildi. YUNESKO bilan yaqin hamkorlikda sessiya ishtirokchilarining mamlakatimizga kirishi va chiqishi, viza rejimini soddalashtirish, transport va tibbiy xizmat ko‘rsatish, shuningdek, ularning asosiy tadbirlar va madaniy dasturda ishtirok etishi bilan bog‘liq masalalar hal etildi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, 43-sessiya va u bilan bog‘liq tadbirlarda 194 mamlakatdan 5000 dan ortiq ishtirokchi qatnashyapti. O‘zbekiston huku­mati YUNESKO bilan hamkorlikda asosiy konferensiya doirasida bir qator qo‘shma tadbirlarni o‘tkazishni reja­lashtirgan. Ushbu tadbirlar muzey ishida sun’iy intellekt texnologiyalarining roli, gender tenglik, ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish kabi dolzarb masalalarga bag‘ishlanadi. Kutilayotgan qarorlar orasida 15-dekabrni “Butunjahon turkiy tillar oilasi kuni” deb e’lon qilish tashabbusi ham bor. Forum ishtirokchi­lari 5 gektar maydonga ega yangi “YUNESKO bog‘i” parkida daraxt ekishda ishtirok etadi. Bundan tashqari, asosiy konferensiya arafasida Samarqand shahrida YUNESKOning XIV Yoshlar forumi va YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiyalarning XII mintaqalararo yig‘ilishi boshlandi.
Keyingi paytlarda O‘zbekistonning YUNESKO bilan hamkorligi har tomon­lama rivojlanmoqda. Mazkur xalqaro tashkilot ko‘magida mamla­katimizning boy tarixi, qadimiy an’analari va milliy qadriyatlarini keng targ‘ib qilish, ularni kelajak avlod uchun saqlab qolishga qaratilgan qator tashabbuslar amalga oshirilayotgani, ikki tomonlama muno­sabatlar doirasida YUNESKOning xalqaro reyestrlari alohida o‘rin tutayot­ganini eslatib o‘tish joiz. Xususan, O‘zbekistonning muvaf­faqiyatli diploma­tik sa’y-harakatlari tufayli mamlakat­ning qadimiy tarixiy-madaniy obyektlari YUNESKO ro‘yxat­lariga kiritilgan.
YUNESKO tomonidan qo‘llab-quv­vat­­lanadigan yana bir muhim ro‘yxat – Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatidir. Ushbu ro‘yxat o‘zbek xalqining 16 ta nomoddiy madaniy meros elementini o‘z ichiga oladi, ular­dan 11 tasi 2016-yildan beri ro‘yxatga kiritilgan.  
Ularga Shashmaqom, Boysunning ma­daniy an’analari, Katta Ashula, Askiya san’ati, palov bilan bog‘liq madaniyat va an’analar, Navro‘zni nishonlash odatlari, Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi, atlas va adras ishlab chiqarishning an’anaviy texnologiyalarini saqlash, Lazgi raqsi, miniatyura san’ati, baxshichilik san’ati, ipakchilik va an’anaviy ipak ishlab chiqarish, Xo‘ja Nasriddin haqidagi an’anaviy rivoyatlar, o‘zbek kulolchilik san’ati, naqqoshlik san’ati, iftorlik va uning ijtimoiy-madaniy an’analari, shuningdek, rubob yasash va uni chalish san’ati kiradi.
2023-yilgacha O‘zbekiston YUNESKO­ning “Dunyo xotirasi” reyestriga bir nech­ta muhim madaniy meros obyektlarini mu­vaf­faqiyatli kiritdi, jumladan, Toshkent shahri­da saqlanayotgan Usmon Qur’oni, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq­shunos­­lik instituti qo‘lyozmalar to‘plami va Xiva xonligi devonxonasining arxiv hujjatlari. 2023-2024-yil­lar davomida O‘z­be­kiston tari­xi­ga oid yana to‘rtta hujjatli to‘plam ushbu nufuz­li reyestrga kiritildi: Mavlono to‘plami, Buxoro amirligi qushbegi ma’muriyati arxivi, Xudoyber­gan Devonov foto­suratlar to‘plami va “Turkiston albomi”. YUNESKOning yana bir muhim yo‘na­­­li­shi – Butunjahon biosfera rezervatlari tar­mog‘i bo‘­­lib, unga hozirda O‘zbekistondan ikkita obyekt kiradi: Chotqol davlat biosfera qo‘riq­xonasi (1978-yilda tash­kil etilgan) va Quyi Amudaryo davlat biosfera rezer­vati (2021-yil­da qo‘shil­gan). 2022-yilda O‘zbekiston o‘z tarixida birin­chi marta 2022–­2026-yillar dav­rida YUNESKOning No­mod­diy madaniy meros­ni muhofaza qilish bo‘yi­cha hukumat­lar­aro qo‘mitasi a’zosi etib saylandi.
Bugungi kunga qadar O‘zbekiston YUNESKO shafeligi ostida 10 ta xalqaro konvensiyaga qo‘shilib, tashkilotning ta’lim, fan, madaniyat va axborot sohalaridagi asosiy qadriyatlariga qat’iy sodiqligini namo­yish etdi.
Yaqin vaqt ichida ro‘y bergan eng muhim voqealardan biri 2023-yilda Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO–O‘zbekis­ton xalqaro mukofotining ta’sis etilgani bo‘ldi. Ushbu nufuzli mukofot YUNESKO bilan birgalikda sun’iy intellektning etik tarzda qo‘llanilishi orqali ilmiy muloqotga ko‘maklashish va yangi texnologiyalarni mas’uliyat bilan qo‘llashning global ang­lanishini rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etilgan. Mukofotning birinchi laureatlarining nomlari Samarqand Bosh konferensiyasi doirasida o‘tkaziladigan yuqori darajadagi maxsus tadbirda rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
– 40 yil ichida birinchi marta YUNESKO Bosh konferensiyasi Parij shahrida emas, balki O‘zbekistonda – Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazi­­­la­­di, – deydi YUNESKOning O‘zbekistondagi va­ko­­­latxonasi rahbari Sara Noshadi. – Garchi anjuman O‘zbekiston uchun eng muhim voqealardan biri bo‘lsa-da, bu YUNESKOning o‘zi uchun ham nihoyatda muhim qadamdir. Bugun bu haqda butun dunyo gapirmoqda va O‘zbekiston butun dunyo e’tibori markazida turibdi. YUNESKO O‘zbekiston hukumati bilan 30 yildan beri yaqin hamkorlik qilib kelmoqda va xalqaro tashkilot sifatida biz 2016-2017-yillarda boshlangan dadil islohotlarni alohida e’tibor bilan kuzatib kelmoqdamiz. Men ta’lim sohasida – mak­tabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha bo‘lgan keng ko‘lamli islohotlarni alohida ta’kidlamoqchiman – ular doimiy ravishda YUNESKO tomonidan olqishlanadi va qo‘llab-quvvatlanadi. Shuni ta’kidlash joizki, YUNESKO Bosh konferensiyasining Samarqandda o‘tka­zilishi nafaqat O‘zbekistonning jahon madaniy va intellektual rivojiga qo‘sha­yotgan hissasining e’tirofi, balki tarixiy-madaniy merosni saqlash muhim­ligini yana bir bor ta’kidlash uchun ajoyib imkoniyatdir. Yuqori darajadagi bu uchrashuv madaniy almashinuv va barqaror rivojlanish istiq­bollarini muhokama qilish uchun xalq­aro maydon vazifasini o‘taydi. O‘zbekiston yana bir bor jahon madaniyati va fanining muhim markazi sifatidagi rolini tasdiqlaydi. Qolaversa, Samarqand konferensiyasi madaniyatlararo muloqot uchun ko‘prik bo‘lib, turli jamiyatlarda tajriba almashish va ilg‘or tajribalarni joriy etishga yordam beradi.

“Jadid” gazetasining 2025-yil 31-oktyabrdagi 44-soni


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img86

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img84

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132