19.04.2024 | 09:30
1040
12-APREL – SHERALI JO‘RAYEV TAVALLUD TOPGAN KUN

Taniqli oʻzbek xonandasi, bastakori, shoiri va aktyori Sherali Joʻrayev 1947-yil 12-aprelda Andijon viloyati Asaka tumanida tug‘ilgan. 1987-yil O‘zbekiston xalq artisti unvoni, 2018-yilda Tojikiston xalq artisti unvoni berilgan. 1991-yil Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti va 2022-yil “El-yurt hurmati” ordeni bilan ham taqdirlangan. Xalqimiz qalbidan joy olgan ko‘plab qo‘shiqlarning she’rini o‘zi yozgan (https://t.me/Jadid_media/500) va shoir sifatida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosidir. Uning repertuari koʻp qirrali va rang-barang boʻlib, qoʻshiqlari asosini Sharq mumtoz (Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Saʼdiy Sheroziy, Hofiz, Mashrab, Ogahiy, Jaloliddin Rumiy, Jomiy) va zamonaviy (Erkin Vohidov, Abdulla Oripov) shoirlarning sheʼrlari tashkil etadi. Xonanda uyida rumiyxonlik kechalari ham uyushtirgan. U “Sherali va Oybarchin” filmiga ssenariy yozgan va filmda bosh rolni oʻynagan. 1998-yil “Bola yerning sultoni” nomli kitob ham yozgan.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
86
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
84
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132



