27.04.2024 | 13:49
1022
26-APREL – BOTIR ZOKIROV TAVALLUD TOPGAN KUN

Oʻzbek zamonaviy professional estrada qoʻshiqchiligining asoschisi Botir Zokirov 1936-yil 26-aprelda Moskvada tug‘ilgan. Repertuaridagi qator qoʻshiqlar kompozitorlar tomonidan Botir Zokirov hamkorligida, uning ovoziga moʻljallab yaratilgan. Uning “Maftun boʻldim”, “Yor kel”, “Raʼno”, “Seni eslayman”, “Kechalar yulduz sanab”, “Umid” kabi qo‘shiqlari muxlislar qalbidan munosib joy olgan. Botir Zokirovning rassom sifatida yaratgan “Avtoportret”, “Saraton”, “Gumbazlar”, “Bolalik koʻchasi”, “Chor minor” kabi asarlari ko‘pchilikka maʼlum va mashhurdir. U 1965-yil Oʻzbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan. Toshkent koʻchalaridan biriga Botir Zokirov nomi berilgan. Shuningdek, Jizzaxdagi sanʼat bilim yurti, Samarqanddagi yoshlar sanʼat markazi uning nomi bilan yuritiladi. 1994-yil Botir Zokirov nomidagi estrada orkestri, 1995-yil “Botir Zokirov jamgʻarmasi” tashkil etildi. 1989-yildan boshlab uning nomida zamonaviy estrada qoʻshiqchilari tanlovi oʻtkazilib kelinadi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
86
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
84
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132



