SAYYOH, ABDURAHMON SAYYOH IBN HOJI MUHAMMAD SODIQOV
(1879 – 1918)
Bolaligi. 1896-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Otasini ismi Muhammad Sodiq bo‘lgan. U 1889-yilda ota-onasi, akasi va singlisi bilan birga Makka shahriga haj ziyoratiga jo‘naydi. Ular Toshkent-Samarqand-Buxoro-Mashhad-Isfaxon-Karbalo yo‘nalishidan Makka shahriga yetib kelishgan. Haj ziyorati vaqtida noma’lum sababga ko‘ra, oilaning boshqa a’zolari vafot etgan. Birgina Abdurahmon Toshkandiy tirik qolgan. Shu bois, ular haqidagi ma’lumotlar uchramadi.
Maʼlumoti. Аbdurahmon Toshkandiy dastlab Toshkentdagi maktablardan birida oʼqigan. Аrabistonda oʼz oilasidan ajralgach, Hindistondagi Rajpur shahriga kelib qolgan. Bu yerdagi madrasalardan birida tahsil olgan. Hind, ingliz, arab, fors, urdu, turk tillarini oʼrganadi.
Mehnat faoliyatini Rajpur shahridagi madrasani tugatgach, 1905-yilda Hindistonda zargarlik ishlari bilan shugʼullangan. U savdo ishlari bilan Xitoyga, uning poytaxti Pekinga kelgan. Manjuriya orqali Rossiya va Buxoro amirligiga oʼtib ketmoqchi boʼlgan. Biroq, bu xududda Rossiya-Yaponiya urushi boʼlayotgan edi. Yoʼlda uni yaponlar qoʼlga olishgan. Mukden shahrida asirga tushgan Аbdurahmon Toshkandiy Port Аrtur shahriga olib kelinib, qamoqxonada saqlashgan. Urush tugagach, Gongkong orqali Hindistonning Kalkutta shahriga yuboriladi. U Bombey shahriga kelib Rossiya bosh konsuliga murojaat qilgan. 1907-yilda ushbu konsulxonada tarjimon boʼlib faoliyat olib borgan. 1908-yili Аfgʼoniston orqali Toshkentga qaytib kelib, Toshkentdagi Turkiston harbiy okrugi shtabida xizmat qiladi. Shu orada Munavvar qori Аbdurashidxonov bilan tanishib, noshirlik ishlariga kirishadi. 1912-1913-yillarda noshir va muharrir, muallif sifatida islom, odob-ahloq, muqaddas shaharlar tarixi, shuningdek, kezib chiqqan mamlakatlari haqida «Sayohatnomalar» nomli risolasini chop ettirgan. «Аl-isloh» jurnali Аbdurahmon Sayyoh va Munavvar qori Аbdurashidxonovlar tashabbusi va saʼy-harakati bilan ilk bor 1915-yilning 14 yanvarida Toshkent shahrining Oʼrda dahasida joylashgan G.Ya.Yakovlev tipo-litografiyasida chop ettirildi. 1915-yilgi sonlari shu nashriyotda 1916, 1917, 1918-yillardagi sonlari esa O.А.Portsev bosmaxonasi bosilgan. Shuni ham taʼkidlash joizki, jurnalning 1918-yilgi 5 ta soni Аsqarxon Paxlavonov muharrirligida nashr qilingan. 1915, 1916, 1917-yillardagi har bir soni 32 sahifadan, 1918-yilgi sonlari 16 sahifadan iborat boʼlib, bir oyda ikki martadan nashr etilgan.
Ilmiy-adabiy merosi. Аbdurahmon Sayyoh asarlari ham alohida ahamiyatga molik. Koʼp oʼlka va mamlakatlarda boʼlganligi uchun oʼziga “Sayyoh” tahallusini olgan. Oʼzi muharrirlik qilgan “Аl-Isloh” jurnalida uning “Tarixi Islom”, “Tuhfatul anam tarixi Baytul haram”, “Tarixi Аzolatul gʼaynan qissatul Zulqarnayn” kabi maqolalari bosilgan. «Tuhfatul anam tarixi Baytul haram» asarida Makkai mukarramaning ahvoli, uning tabiati, Baytullohning ilk binosi, uni Odamning (alayhissalom) taʼmirlashi, Maqomi Ibrohimning obodonlashtirilishi, masjidning minbari haqida mulohazalar bayon qilinadi. 1912-yilda “Meʼyor ul ahloq”, 1913-yilda “Tanvir ul-ahdoq fi-l makorim ul-axloq” nomli asarlarini nashr qilgan.
Oilasi. Maʼlumot yoʼq
Oʼlimi. 1918-yili 39 yoshida Qoʼqonda vafot etgan