Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


SAID G‘AFURIY

img

(1900–…)

Bolaligi. Said G‘afuriy 1900 yili Toshkent shahri Kо‘kcha dahasidagi “Ikkinchi Langar” mahallasida tug‘ilgan. Otasi savdogar, onasi eski usul maktabida qiz bolalarga muallimalik qilgan. Turkistondagi jadidchilik harakatining a’zosi.

Ma’lumoti. Said G‘afuriy 5 yil eski usul maktabida о‘qigan, sо‘ngra madrasada tahsil olgan. 1918 yilga qadar akasi Abdulla G‘afuriyga savdo ishlarida yordam bergan. Shu yili Xadrada ochilgan muallimlar kursiga о‘qishga kirgan va 8 oy tahsil olgan.

Faoliyati. О‘qishni tamomlagach, о‘qituvchilik qila boshlagan. Bu paytda diniy qadriyatlarga sodiq bо‘lgan Said G‘afuriy har qanday taraqqiyparvar g‘oyalarga qarshi chiqqan. Sovet hokimiyatiga qarshi tuzilgan “Temur” uyushmasiga a’zo bо‘lgach, diniy ruhi milliy ruhga aylangan. “Temur” uyushmasi tomonidan tashkil qilingan yig‘inda mustaqil Turkiston davlati tuzish hamda uning uchun malakali ishchi kadrlar tayyorlash masalasi muhokama qilingan.

О‘limi. 1929 yili sovet hokimiyatiga qarshi targ‘ibot ishlari olib borganlikda, taraqqiyparvarlarning “Temur” tо‘dasi a’zosi bо‘lganlikda ayblanib qamoqqa olingan. Keyingi taqdiri noma’lum.