Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


ILHOM ISLOMOV

img

(1891–…)

 Bolaligi. Ilhom Islomov 1891 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Ma’lumoti. Dastlabki ta’limni eski usulda maktabida о‘qigan. 1917 yildan 1924 yilgacha pedagogika kursida о‘qigan. 1918 yildan Narimonov maktabida о‘qituvchilik qilgan. 1924 yili О‘rta Osiyo davlat universiteti fizika-matematika yо‘nalishiga о‘qishga kirgan.

Faoliyati. 1927 yili “Milliy ittihod” tashkilotiga a’zo bо‘lgan. Ilhom Islomov Salimxon Tillaxonov orqali Munavvarqori bilan tanishgan. “Milliy ittihod” tashkilotining kо‘rsatmalarini uning Namangan shо‘basiga yetkazib turgan.

Oilasi. Otasi Islom Muslimjonov 1869 yili tug‘ilgan. Onasi Sharofat aya 1874 yili tug‘ilgan. 4 ta singlisi (Xoja, Hojiya, Lutfiya, Zuhra) bо‘lgan. Xotinining ismi Xotira bо‘lib, 1897 yili tug‘ilgan. 4 nafar farzandi: ikki qiz (Nasri, Hakima) va ikki о‘g‘li (Boqi, Soqi) bо‘lgan.

О‘limi. 1929 yili “Milliy ittihod” tashkilotining a’zosi, sovet hokimiyatiga qarshi targ‘ibot ishlari olib borganlikda ayblanib, qamoqqa olingan. Keyingi taqdiri noma’lum.