Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


SAYYID MUHAMMAD FANSURULLOHBEK

img

(1872–1931)

Bolaligi. Qo‘qon xoni Xudoyorxon avlodlaridan. U 1872 yilda Qo‘qonda Xudoyorxon xonadonida (O‘rdada) tug‘ilgan. Uning otasi Xudoyorxon va onasi Ma’sudaxon (Og‘acha) bo‘lgan. Bolaligi xonning sarsonlik va muxojirlik yillariga to‘g‘ri keladi. Xon Orenburg tomon safarga chiqqanidan 1880 yilgacha Fansurulloh onasi bilan Turkiston shahrida yashaydi. So‘ng shu yili Toshkentga qaytadi. Toshkentda Zanjirli mahallasida hayot kechiradi.

Ma’lumoti. Fansurullohbek dastlabki maktab ta’limini Turkiston va Toshkent shaharlarida olgan. Rus-tuzem maktabida ham o‘qigan. So‘ng Shayxontohur dahasidagi Eshonquli Dodxoh madrasasida tahsil olgan.

Faoliyati. Fansurullohbek “Xisrav” taxallusi bilan ijod qilgan. Turkiston o‘lkasida vujudga kelgan jadidchilik harakatida faol ishtirok etadi. Munavvar qori Abdurashidxonov bilan yaqin aloqada bo‘lib o‘lkadagi dastlabki gazetalardan bo‘lmish “Xurshid”, “Osiyo”, “Sur’at”, “Xaqiqat” gazetalarida o‘z maqolalari bilan ishtirok etgan. Jadid ziyolilari bilan birga Toshkent, Andijon, Qo‘qondagi “Taraqqiyparvarlar” firqasining shallanishiga boshchilik qilgan. Shuningdek, o‘lkadagi hayriya jamiyatlar, siyosiy tashkilotlar tashkil etilishida faol ishtirok etgan.

Ilmiy-adabiy merosi. “Xisrav” tahallusi bilan g‘azal va muxammaslar yozgan. Uning “Xurshid” gazetasida “Sababi tulu’i Xurshid” (1907) maqolasi nashr etilgan.

Oilasi. U dastlab Kitob begi Jo‘rabek Qalandarqorining qizi To‘ra Suchukoy (1869) ga uylanadi. Ushbu ayoli Fansurullohdan 3 yosh katta bo‘lgan.  Ularning to‘ng‘ich o‘g‘li Xisrav 1926 yil 4 fevralda vafot etgan. Uning qabri Toshkentdagi Jo‘rabek dodxoh qabristonida. Humoyunxon va Podshohsohibaxon ismli qizlari hamda Hojibek ismli o‘g‘li bo‘lgan. Hojibek yoshlik chog‘ida vafot etgan.

Humoyunxon (1894 yil tug‘ilgan) Fansurullohning katta qizi. U 1930 yil turmush o‘rtog‘i Shahobiddinxon bilan sovet hukumatining ta’qibidan qochib Xitoyning Chouchak shaharchasiga borib yashagan va shu yerda 37 yoshida vafot etgan. Uning 5 farzandi bo‘lgan.

Podshohsohibaxon (1896 yil tug‘ilgan) Said Muhammad Ollohyorbek (Xudoyorxonning ayollaridan biri Munisxon poshshaning nabirasi) ga turmushga chiqqan.

Ikkinchi ayoli Baxtibibi bo‘lib Mavjudaxon va Hayrullobek ismli farzandlari bo‘lgan. Bu ikki farzand go‘daklik chog‘idayoq vafot etgan.

O‘limi. 1930 yilda Birlashgan Davlat Siyosiy Boshqarmasi xodimlari tomonidan xibsga olingan. Jismoniy jazolar, ruhiy bosimlar bois 1931 yilda Toshkent qamoqxonasida vafot etgan.