Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Iqbol MIRZO: ÖMONDAN TO NAMANGANGAÇA ✏️Halima XUDOYBERDIYEVA: DA’VAT ✏️Mirtemir QURBONOV: IZLANIŞDAN NATIJAGA ✏️Otabek ISROILOV: TAQDIRLAR ÖZGARMOQDA ✏️Yorqin INOĞOMOV: ŞAXMAT HAM, ŞE’R HAM ABADIY... ✏️Zulayho ALIMOVA: ULKAN XAZINA ✏️Jasmina ISROIL: ANRI BORIS KAGAN – ASRIY JUMBOQNI YEÇGAN NOBELÇI ✏️Bahodir KARIM: XARAKTER MUSAVVIRI ✏️Abdumutallib ÖKTAMOV: ZIYOLI MAS’ULIYATI ✏️Diyorbek SOATALIYEV: BARI BOLA BIRDAY ✏️Z.MAMATOV: BIR BAYROQ OSTIDA ✏️Valişer ABIROV, E’zoza MAMASIDDIQOVA: TILNI ASRAGAN JADIDLAR ✏️Jamoliddin BADALOV: TEATR KUNLARI ✏️Örolboy QOBIL: ABDULLA GULŞANIY KIM EDI? ✏️Muyassar IBROHIMOVA: SAN’AT VA SUN’IY ONG UÇRAŞUVI ✏️Abbos ŞOYIMOV: “ÖTKAN KUNLAR” BUGUNGI KUNIMIZDA ✏️Nigina ISKANDAROVA: TARIX PARÇALARI

TAVSIYA QILAMIZ


BAHROM HAYDARIY

img

(1900–1951)

Bolaligi. Jurnalist va pedagog. U 1900 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Bolaligi Toshkentning eski shahar qismida о‘tgan.

Ma’lumoti. Boshlang‘ich ta’limni maktabda, sо‘ng “Beklarbegi” madrasasida tahsil olgan. Yangi usul maktabida, keyinchalik esa о‘qituvchilar tayyorlash kurslarida о‘qigan. 1919-1921-yillarda dastlab Bokuga, u yerdan Istanbulga borib muallimlar seminariyasida ta’lim olgan. Toshkentdagi О‘rta Osiyo davlat universitetining Sharq bо‘limida о‘qigan.

Faoliyati. 1921-yilda Istanbuldan Turkistonga qaytgach milliy ziyolilar safida madaniy sohalarda faoliyatini davom ettiradi. U San’at muzeyida, Toshkent okrug ijroiya komitetida turli lavozimlarda ishlagan. Toshkentda nashr etilgan “Qizil О‘zbekiston” gazetasida 1925-yildan faoliyat olib borgan. Shuningdek, “Yer yuzi” jurnalida bо‘lim mudiri bо‘lib ishlagan. Sо‘ng u о‘z faoliyatini “”О‘zbekkino”da davom ettirib tarjimonlik qiladi. Keyingi mehnat faoliyati О‘rta Osiyo irrigatsiya injiner va texniklari institutida о‘tgan. Ushbu institutda  о‘zbek tili va adabiyotidan dars bergan. Ushbu institutda “О‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasini tashkil etgan.

Ilmiy-adabiy merosi. Bahrom Haydariy matbuotda о‘zining maqola va hikoyalari bilan ishtirok etgan. “Tо‘g‘rul” tahallusi bilan ijod qilgan. Bahrom Haydariy 1916-yil qо‘zg‘oloni voqealarini aks ettirgan “Masjid gumbazlari ostidan” kino kartinasini tahlil etib, unda о‘zbeklar turmushini yoritishda yо‘l qо‘yilgan kamchiliklarga tо‘xtaladi. “Yer yuzi” jurnalining 1926-yil 10-sonida uning “Kо‘rgulik” nomli hikoyasi nashr etilgan.

Oilasi: Bahrom Haydariy oilalik. Najot ismli о‘g‘li bо‘lgan. Bahrom Haydariy surgundalik vaqtida tug‘ilgan. Uzoq yillar mobaynida oilasi va yaqinlaridan uzoqda surgun azobini tortib faqatgina 1948-yilda yashirin ravishda o‘g‘li va yaqinlarini kо‘rishga ruxsat berilgan.

Qatag‘oni: Bahrom Haydariy 1937-yil 15-noyabrda sababsiz ishdan bо‘shatilib, bir oydan sо‘ng Turkiyada о‘qiganligini ayb qilib Sverdlovsk viloyatining Tavda degan joyiga о‘n yilga surgun qilinadi. 1947-yil surgundan qaytib Sirdaryo viloyati Mirzachо‘l tumanida yashash uchun ruxsat oladi. 1948-yil surgunni о‘tab jazo muddati tugaganiga qaramay ikkinchi bor qamoqqa olinib Krosnayarsk о‘lkasining Suxovo qishlog‘iga surgun qilingan. Ana shu yerda 1951-yil 51 yoshida vafot etgan.