Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Iqbol MIRZO: ÖMONDAN TO NAMANGANGAÇA ✏️Halima XUDOYBERDIYEVA: DA’VAT ✏️Mirtemir QURBONOV: IZLANIŞDAN NATIJAGA ✏️Otabek ISROILOV: TAQDIRLAR ÖZGARMOQDA ✏️Yorqin INOĞOMOV: ŞAXMAT HAM, ŞE’R HAM ABADIY... ✏️Zulayho ALIMOVA: ULKAN XAZINA ✏️Jasmina ISROIL: ANRI BORIS KAGAN – ASRIY JUMBOQNI YEÇGAN NOBELÇI ✏️Bahodir KARIM: XARAKTER MUSAVVIRI ✏️Abdumutallib ÖKTAMOV: ZIYOLI MAS’ULIYATI ✏️Diyorbek SOATALIYEV: BARI BOLA BIRDAY ✏️Z.MAMATOV: BIR BAYROQ OSTIDA ✏️Valişer ABIROV, E’zoza MAMASIDDIQOVA: TILNI ASRAGAN JADIDLAR ✏️Jamoliddin BADALOV: TEATR KUNLARI ✏️Örolboy QOBIL: ABDULLA GULŞANIY KIM EDI? ✏️Muyassar IBROHIMOVA: SAN’AT VA SUN’IY ONG UÇRAŞUVI ✏️Abbos ŞOYIMOV: “ÖTKAN KUNLAR” BUGUNGI KUNIMIZDA ✏️Nigina ISKANDAROVA: TARIX PARÇALARI

TAVSIYA QILAMIZ


26.11.2026 | 16:02

img87

ABDULLA GULŞANIY KIM EDI?

Bir ijodkor döstim kuyinib aytib qoldi: “Yaqinda tumanimizda ötkazilgan adabiyot öqituvçilarining yiğilişida qatnaşar ekanman, öqituvçilardan: “Abdulla Gulşaniy haqida ham öquvçilarga ma’lumotlar berasizlarmi?” deb söradim. Avvaliga ular ajablanib bir-birlariga qarab olişdi. Keyin köksiga “a’loçi” nişonini taqqan muallim menga qarab dedi: “Anovi “Zarbulmasal”ni yozganni aytyapsizmi?..” Indamadim, ammo iç-içimdan bir nima uzilib ketgandek böldi.

Ey, döstim, mana, yurtimiz Istiqlolga erişganiga ham öttiz beş yildan oşdi. Ayting, qaçon bu loqaydlik degan balodan qutulamiz-u,  özligimizni anglaymiz?..”

* * *

Ğazalxon şoir, tarjimon, aruz va muammo ilmining bilimdoni Abdulla Abdurahmon öğli Gulşaniy 1898-yil mart oyida Şahrisabzning Zingaron mahallasida kosib oilasida tuğilgan. Olti yoşdan eski maktabda öqib, ön uç yoşida Qur’oni Karimni yod oladi va mudarrislarning sinovidan ötgaç, “qori” unvoniga erişadi. Ön sakkiz yoşida Mir Arab madrasasi tolibi böladi. Navoiy, Dehlaviy, Fuzuliy, Jomiy, Firdavsiy, Bobur asarlarini örganiş bilan birga, özi ham Gulşaniy taxallusi bilan ğazallar yozib, tez orada şoir bölib taniladi. Döstlari bilan birga ğazallarini jamlab, “Tuhfat ul-ahbob”, ya’ni, “Döstlar sovğasi” nomli devon tuzadi.

Abdulla Gulşaniy 1917-yilning yozida mahalladoşi mulla Xudoyqulning qizi Hikoyatxonga uylanadi. Öşa yillarda ikki sevişgan dilning bir-biriga yöllagan işqiy maktubi el-ulus orasida maşhur bölgan.

Hikoyatxon:

Sizga yozib yubordim işqimning dostonini,

Bilmamki, bu xatodir yoki savob bölğay?

Abdulla:

Şe’ringizni öqiganda hayratda qolmagan kim,

Tahsin-u ofarinlar ham behisob bölğay.

Hikoyatxon:

Köksimdagi muhabbat öti şaroralikdur,

Har damda mavj ursa, dillar kabob bölğay.

Abdulla:

Hajringning dostonin yozsam ado bölurmi,

Birlab kitob emas, minglab kitob bölğay.

Hikoyatxon:

Munça şirin sözingiz, magar maseh erursiz,

Jonsiz tanimda lazzat jondek şarob bölğay.

Abdulla:

Zulfing qarosidin oydek yuzingni körsat,

Toki, bu dardmanding mast-u xarob bölğay.

Hikoyatxon:

Mehr-u muhabbatingiz siynamda naqş bölsa,

Tasviringiz dilimda çun oftob bölğay.

Abdulla:

Işq içra sabrsizlik oxir bu hola yetdi,

Bir körmasam jamoling menga azob bölğay.

Hikoyatxon:

Işq-muhabbatingiz albatta sir tutingiz,

El içra foş bölsa, sizga itob bölğay.

Abdulla:

Tokaygaça bu sirni el içra foş qilmay,

Kundan kun iştiyoqim gar behisob bölğay.

Hikoyatxon:

Işq içra har ikkovni maqsadimiz bir erur,

Maqsadda bölsa birlik, ul bexilof bölğay.

Abdulla:

Hijron azobi içra maqsad erur visoling,

Bu maqsudim haqiqat yoki sarob bölğay.

Hikoyatxon:

Sizga aytur Hikoyat sabr-u tahammul aylang,

Arz aylayin dadamga, yaxşi javob bölğay.

Ammo, afsuski, ikki yoşning visol onlari uzoqqa çözilmaydi…

Yoş Abdulla Gulşaniy Buxoroda Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat, Mahmudxöja Behbudiy, Fayzulla Xöjayev, Hamza Hakimzoda bilan tanişib, “Yoş buxoroliklar” taşkiloti va jadidlar harakatining faol a’zosiga aylangan. Amirlik ayğoqçilari 1919-yilning bahorida uni otasining uyida qölga olib, Şahrisabz begi Said Akromxon töraning zindoniga taşlaydi. Abdulla zindondaligida qora niyatli kimsalar Hikoyatxonga “Abdullani zindonda osib öldirişdi”, degan xabarni yetkazişgan. Sevganidan ayrilgan ön töqqiz yoşli suluv kelinçak zahar içib, joniga qasd qiladi.

Abdulla Gulşaniy Hikoyatxonga bağişlab köplab ötli ğazallar bitadi.

Men ul oy husn-u jamolin körmasaydim, koşki,
Bir körib Majnuni şaydo bölmasaydim, koşki,
Furqatiy işq içra bundoğ kuymasaydim, koşki,
Ğurbat-u dard içra bundoğ töymasaydim, koşki,
Yo ani körgan bilan ham suymasaydim, koşki…

* * *

Endi Abdulla Gulşaniyning keyingi taqdirini bayon etsak.

Hokimiyat sovetlar qöliga ötgaç, u uzoq yillar Qarşi, Samarqand, Namangan, Buxoro viloyatlarining çekka tumanlarida turli lavozimlarda işladi. Qoraköl tumani “Çorvador” gazetasi muharriri ham böldi. 1941-yildan 1978-yilning 28-dekabriga qadar Qamaşi şahrida yaşadi va 80 yoşida vafot etdi.

Abdulla Gulşaniyni 1962-yilda Toşkentga ÖzFA Til va adabiyot institutiga işga taklif etişgan. U qisqa muddat içida Abdurahmon Jomiyning “Risolai manzuma” asarini forsçadan özbek tiliga tarjima qiladi. Şuningdek, Alişer Navoiy qalamiga mansub “Majolis un-nafois” asaridan 1000 baytni, “Xazoyin ul-ma’oniy” asaridan 600 satrli muammoni yeçadi. Bundan taşqari, Nişopuriyning “Muammo fani qoidalari haqida” kitobidan 6654 satr, “Muammo qoidalari” risolasidan 1340 satr, “99 nomli muammo” kitobidan 650 satr muammoli şe’rni özbek tiliga ögiradi.

Gulşaniy domladan bizga 2 jilddan iborat “Gulistoni Gulşaniy” devoni, 3 jilddan iborat forsiyda bitilgan şe’rlar töplami, özining muammo va çistonlari jamlangan “Muammiyot” asari, “Töy-u töyona”, “Ariza”, “Kunlarim” dostonlari meros bölib qolgan. Şoirning jami 16 ming 854 misradan iborat adabiy merosi Toşkentda qölyozmalar institutida saqlanmoqda.

Adib Sa’dulla Siyoyev 1971-yilda Qamaşiga kelib, Abdulla Gulşaniy bilan suhbat qurgan va “Hukumatning avliyosi” degan badia yozib, “Guliston” jurnalida e’lon qilgan. Sa’dulla Siyoyev: “Şunça qölyozma kitoblar yozibsiz. Bularni biror yerda bostirsangiz bölmasmidi?” – deb söraganida, Gulşaniy: “Mana, oqqa köçirib, tayyorlab qöydim. Kimga kerak bölsa, çiqarib olar”, deb javob beradi.

* * *

Qamaşi şahri yaqinida Qamay degan qişloq bor. Qişloq özining dostonçi baxşilari va tilimi tilni yoradigan qovunlari bilan maşhur. Darvoqe, bu makondan taniqli jarroh, şoir va adib, tibbiyot fanlari doktori Jumanazar Beknazar yetişib çiqqan. Qamayliklar Abdulla Gulşaniy qalamiga mansub “Kördim Qamayda bir pari” şe’rini hamon töylarda, bazmlarda aytib yurişadi.

Kördim Qamayda bir pari, hayronidir yoşi-qari,
Ketdi ravon uyi sari, bir gavhari kimyo ekan.
Ovorasi böldim netay, qayga boşim olib ketay?
Aslo Qamay bormay ketay, bir fitnalik navo ekan.
Işqin ani men mubtalo, qilmay dedim könglimga jo,
Bölmas ekan, vo hasrato, mumkin emas savdo ekan.
Boz körsaydim ani jonim, nisor etsam edi qani,
Olam degan bu Gulşaniy, bir oşiq-u şaydo ekan.

* * *

Abdulla Gulşaniyning şogirdi, jurnalist, şoir va adib Abdivoy Rahim tuman gazetasida işlab yurgan kezlarida şoir bilan köp bora uçraşib, xotiralarini yozib olgan. Oradan yillar ötib, uning yelib-yugurişlari tufayli Abdulla Gulşaniyning “Alvido” nomli ğazallar töplami va “Abdulla Gulşaniy” nomli xotiralar kitobi naşr etildi. Ustozining hayoti va ijodi haqida önlab maqolalar, “Tongda söligan lola” nomli pyesa yozib, çop ettirdi. Kunlarning birida u kişi qölimga bir neçta varaq tutqazib dedi:

– Şularni kompyuterda köçirib bersang, bilasanmi, yanagi bahorda Abdulla Gulşaniy boboning tuğilganiga 120 yil töladi. Şahrisabz hokimiga xat taşlamoqçiman. Axir, Şahri Keş – allomaning tuğilgan şahri. Bir öylab körişar…

Oradan ança kunlar ötib, domlani yana uçratib qoldim.

– Maşina yollab, Şahrisabzga bordim. Afsus, hokim qayoqqadir ketgan ekan. Yordamçisiga xatni taşlab, tayinlab keldim. Biror natija bölib qolar…

Abdulla Gulşaniyning merosi hali örganilgan emas. Kunlarning birida ÖzFA Abu Rayhon Beruniy nomli şarqşunoslik ilmiy tekşiriş instituti katta ilmiy xodimi, qator öqişli kitoblar muallifi Abdusattor Jumanazardan bu haqda söraganimda, u şunday dedi:

– Abdulla Gulşaniy ajoyib ğazalnavis şoirgina emas, yetuk olim va tarjimon, islom ilmining bilimdoni bölgan. Uning ilmiy-adabiy merosini bir neçta olimlar örgangan. Ammo bu merosni keng ommaga yetkaziş, ya’ni, kitob qilib çop etişga qolganda, mablağ masalasi muammo bölib turibdi…

Ha, Abdulla Gulşaniy Qaşqadaryo vohasidan yetişib çiqqan yetuk ijodkor edi. U kindik qoni tökilgan Şahrisabzni bir umr soğinib yaşadi va taqdir hukmi bois, Qamaşida umrguzaronlik qildi. Alloma ijodini elning ma’naviy merosiga aylantiriş haqida avvalo şahrisabzlik va qamaşilik mutasaddilar jon kuydirişlari lozim, deb öylaymiz.

Örolboy QOBIL

“Jadid” gazetasining 2026-yil 20-noyabrdagi 47-sonida


TARIX PARÇALARI

“1865-yilda Toşkentni bosib olgan çor qöşini janubga köz tikdi, 1867-yilda yonginadagi Xovosni egallab, Samarqandga qarab siljidi. Mamlakat bosqinçi oyoği ostida qoldi… Normuhammad hoji qattiq taşvişga tuşdi”… Bundan söng ötgan asrning 30-yillarini tasavvur qiling. Andijonlik Egamnazarboy “quloq” qilinib, Ukrainaning Xerson viloyatiga surgun bölyapti. Şu yerda qiziq hodisa röy beradi. Akasi Beknazar söfining öğli Rahmatqul: “Egamnazarboy amakim […]

26.11.2026 | 09:21

img141

SAN’AT VA SUN’IY ONG UÇRAŞUVI

Joriy haftada poytaxtimizdagi “Akademiya” galereyasida Özbekiston xalq rassomi, “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni sohibi, Özbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Javlon Umarbekovning “Absurdlar” nomli körgazmasi bölib ötdi. San’at arbobi tavalludining 80 yilligi munosabati bilan taqdim etilgan asarlar muallifning zamonaviy dunyoga munosabati va inson tafakkuridagi evrilişlar xususidagi muşohadalarini aks ettirgani bilan e’tiborlidir. AKSDAGI ASL KIM? Bugun inson hayotiga kirib […]

25.11.2026 | 16:02

img212

ANRI BORIS KAGAN – ASRIY JUMBOQNI YEÇGAN NOBELÇI

HAYOTI 1930-yil 15-dekabrda Fransiyaning Bulon-Biyankur şahrida tavallud topgan. Milliy kimyo oliy maktabi va Sorbonna universitetini bitirgan. 1954-yildan 1962-yilgaça Milliy ilmiy tadqiqotlar markazida (CNRS) işlagan. 1960-yilda doktorlik darajasini oldi. Bir neça yil Alen Oro qöl ostida ilmiy xodim bölib işladi va Fransiya kollejida laboratoriya direktorining örinbosari böldi. 1967-yilda Orse şahridagi Parij-Sud universitetining Fanlar fakultetida tadqiqot guruhini […]

25.11.2026 | 09:24

img226