Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


HOSHIM SHOYIQ

img

(1886 – 1935)

Bolaligi. Mahmud Yoqub Muxlis o‘gʻli Hoshim 1886-yil Fargʻona viloyatining Margʻilon shahrida tugʻilgan. Hoshim Shoyiq oilasi Buxoro shahriga ko‘chib kelgan.

Maʼlumoti. Hoshim Shoyiq Mir Arab madrasasida tahsil olgan. 1911-yilda “Tarbiyayi atfol” jamiyati homiyligida Istanbulga o‘qishga yuborilgan va u yerda Pedagogika institutida aʼlo baholarda tahsil olgan. 1919-yil Buxoroga qaytib kelgan.

Faoliyati. Buxoroda amirlik hokimiyati agʻdarilgach, qisqa muddat Buxoro Xalq Sho‘rolar Jumhuriyatining Tashqi ishlar noziri va Harbiy ishlar nozirining muovini (1921–1922) lavozimlarida ishlagan. 1922-yildan Buxoro Respublikasining Afgʻonistondagi elchisi lavozimida faoliyat yuritgan. Buxoro Xalq Sho‘rolar Jumhuriyati vakolatxonasining mustaqil ish yuritishi Qobuldagi RSFSR elchixonasi rahbarlari F.F.Rasolnikov, keyinchalik Surits kabilarga maʼqul kelmaydi. Sovet Rossiyasining tazyiqi bilan 1923-yil 18-iyunda Qobuldagi Buxoro elchixonasi tugatilgach, Afgʻonistonda qolib, maorif vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.

Sovetlarning O‘zbekistondagi madaniyat, adabiyot va sanʼat sohasida olib borgan siyosatiga qarshi chiqqan. O‘zbek mumtoz adabiyoti, jumladan, Alisher Navoiy gʻazallarining buzib talqin qilinishini qoralab chiqqan.

Ilmiy-adabiy merosi. Mahmud Yoqub Muxlis o‘gʻli Hoshim — Hoshim Shoyiq taxallusi bilan fors va o‘zbek tillarida sheʼrlar yozgan.

Oilasi. Fotima ismli ayolga uylanib, undan 5 qiz va 1 o‘gʻil farzand ko‘rgan. O‘gʻli yoshligidayoq vafot etgan. Qizi Nafisa otasining izidan borib, ilm bilan shugʻullangan. Ayollar huquqi masalalari bilan shugʻullanib, ularning haq-huquqlarini targʻib etuvchi “Ayol” nomli jurnalga asos solgan va uzoq yillar jurnalga masʼul muharrirlik qilgan.

O‘limi. Mahmud Yoqub Muxlis o‘gʻli Hoshim 1935-yilda Afgʻonistonning Qobul shahrida vafot etgan.

Jadidlar.uz saytidan olindi.