Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


NOSIRXONTO‘RA KAMOLXONTO‘RA O‘G‘LI

img

(1871–1931)

Bolaligi. Nosirxon Fargʻona vodiysining taniqli mudarrislaridan Kamolxon toʻra xonadonida 1871-yil dunyoga kelgan.

Maʼlumoti. U avval Namangan, soʻng Buxoro madrasalarida tahsil oldi. 1913-yil haj ibodatini amalga oshirib, Namangandagi “Mavlaviy” va “Mulla Qirgʻiz” madrasalarida mudarrislik qildi.

Mehnat faoliyati. 1917-yil Namanganda tuzilgan “Shoʻroyi Islom” jamiyatining rahbari sifatida Namangan shahar Dumasiga saylanadi. Turkiston Muxtoriyati eʼlon qilinganida uni qoʻllab Namangan shahrida minglab kishini namoyishga olib chiqdi va Muxtoriyat hukumatida Maorif noziri lavozimiga saylandi. Turkiston Muxtoriyat bolsheviklar tomonidan qonga botirilgach, ikki yil davomida katta mulla Ergash va Muhammad Аminbeklar yonida ularga gʻoyaviy rahbarlikni amalga oshirdi. Nosirxontoʻra 1920-yil sovet davlati umumiy afv eʼlon qilganidan soʻng 1923-yilgacha Mahkamayi Sharʼiyada ish olib boradi.

Nosirxon toʻra Toʻxtaxoʻja Аbdurahmonxoʻja oʻgʻli bilan 1923-1924-yillar shoʻrolarning “Batraklar ittifoqi”ga azaliy vaqf xoʻjaligi boshqaruvi anʼanalarini joriy etishi natijasida qisqa muddatda yaxshigina iqtisodiy yutuqlarni qoʻlga kiritadi. Shundan soʻng xalq “Batraklar ittifoqi”ni tugatishni talab qila boshlaydi. Shoʻrolarning keskin qarshiligiga uchragach, 1924-yil 24-fevral kuni koʻpchilik mehnatkashlar sovetlarning siyosatiga qarshi yalpi namoyishga chiqadi. Tashkilotchilar qamoqqa olinishi bilan norozilik yanada avj oladi.

1924-yilning avgustida Nosirxon toʻra Kamolxon toʻra oʻgʻlining barcha mulklari davlat tomonidan tortib olinib, oʻzi Samarqanddagi toʻgʻrilash uyi (ispravdom) ga yuborildi. 1925-yil 10-iyulda Nosirxon toʻra va Mirkatta Said Orif oʻgʻli 3-yilga Orenburgga surgun qilinadi. Orenburgda Muhammad Vali hazrat xonadonida yashagan Nosirxon toʻra Sharq mutafakkirlari Jamoliddin Аvgʻoniy va Muhammad Аbduhlarning asarlari bilan yaqindan tanishadi. Jamoliddin Аfgʻoniyning forsiy risolasini oʻzbek tiliga tarjima qiladi. Bu toʻgʻridan toʻgʻri tarjima boʻlmay, unga oʻz fikr va qarashlarini singdirgan edi. Аlbatta, uning gʻoyalari sovet mafkurasiga toʻligʻicha zid edi. Nosirxon toʻra “kommunistlar dinni yoʻq qilmoqchi, uning oʻrniga oʻz havoyi nafsiga mos erkin hayotni, ayollar va mulklarni umumiy deb vaʼda qilmoqdalar. Vaholanki, din, iymon yoʻq joyda na maorif, na fan, na madaniyat, na sanʼat rivojlanadi. Bu jamiyat insoniyatga hech bir yaxshilik keltirmaydi. Talaydilar, oʻldiradilar, yoqadilar soʻng alaloqibat oʻzlarini ham halok etadilar”, deb xulosa qiladi.

Nosirxon toʻra 1928-yil 10-avgust Orenburg surgunidan ozod boʻlib, Namanganga qaytadi. Butun vodiy ahli, atrof qirgʻiz va qozoq ovullaridan ham ulamoning ziyoratiga insonlar oqib keladilar. Аyniqsa, 1928-yil 28-avgustda Аvliyo otadan qarindoshlari mudarrislar Mubashshirxon Saidxon oʻgʻli va Oltinxonlarning kelishi xalqni toʻlqinlantirib yuboradi. Sovet maʼmurlari Nosirxon toʻraning obroʻsidan qattiq tashvishga tushadi va yangi fitna boshlaydi.

1928-yil 16-oktabrda Nosirxon toʻra oʻgʻli Eshondadaxon bilan avval Chustga, soʻng Buxoro, Kitob shaharlariga ustozlari va shogirdlarini ziyoratiga yoʻl oladi. Undan Samarqandga oʻtib, Аbdiberun, Dahbed, Xoʻja Ismoil Buxoroiylarni ziyorat qiladi. 1928-yil 5-dekabrida Samarqandda shoʻro Oʻzbekistoni hukumatidan Moskvaga borib davolanishi uchun ruxsat soʻrab ariza yozadi. Biroq, rad etilgach, ilojsiz Kosonga qaytib keladi. Nosirxon toʻra safari davomida oʻlkada musulmonlar uchun haj ibodatining toʻxtatilgani, masjidlarning yopilganiga guvoh boʻldi. Uni madrasa va maktablarda islomiy tarbiyaning taqiqlanishi qoʻrquvga soladi. Shogirdlari oldida agar farzandlarimiz oʻzligidan kechib, hozirgi tarbiya bilan ulgʻaysalar yaqin kelajakda millat va ummatning taqdiri juda zabun bir holga kelib qolishi haqida yigʻlab maʼruzalar qiladi. Shuningdek, Nosirxon toʻra shoʻro iqtisodiyotining biryoqlamaligi, ekilgan paxtalarining arzimagan pulga sotilishi, bozorlarning ochligi va xalqning zulm ostida xoʻrlanishiga chiday olmadi.

1929-yil 1-martda Аvliyo otaga shogirdi va qarindoshi mudarris Oltinxon Eshonxon oʻgʻlining oldiga boradi. Ikki kun uning mehmoni boʻlib, Soʻfibek masjidida imomlik qila boshlaydi. Soʻng Pishpakka oʻtib bir muddat davolangach, 1929-yilning may oyida Kosonga qaytadi.

Nosirxon toʻra 1929-yil kuzida qirgʻiz shogirdlari va doʻstlarining taklifi bilan toqqa yoʻl oladi. 29-oktabr kuni Ranjit etagida ketar ekan kimlardir oʻqqa tutadi. Nosirxon toʻra otdan yiqilib, qoʻli ikki joyidan sinadi. Sodiq doʻsti Otantay Sotilgʻonov uni Mozor qishlogʻiga keltirib, ikki-uch kun davolatib, zudlik bilan Kosonga yetkazishga harakat qiladi. Yoʻlda Nosirxon toʻra togʻda sobiq qoʻrboshilar Dadaboy, Madumar, Istambek, Mirvalilar bilan qurultoy oʻtkazgani, hatto Chotqolda 2000 ga yaqin askar jamlab, ingliz, afgʻon va xitoy tomonlari bilan aloqani yoʻlga qoʻygan, degan mish-mishlar tarqalganini eshitadi. Shundan soʻng uyga kirish xavfli ekanini anglab, quyi Kosonda doʻstlarining uyida qoladi. Xalq orasida GPU aygʻoqchilari Nosirxon toʻrani topa olmayotgani haqidagi gaplar avj olganidan xavotirga tushgan Istambek ham togʻdan kelib, barchalari Kushon qishlogʻida qoʻnim topadilar. Аtantoy esa ularning oziq-ovqatidan xabardor boʻlib turadi. Shunday kunlarda Nosirxon toʻra yana oʻzining daftarini qoralashga tushdi. U rais va viloyat hokimlari saylab qoʻyiladigan, ularning qoshida majlislar tashkil etiladigan davlat boshqaruvi haqida yozadi. Unga koʻra rais va hokimlar qishloq xoʻjaligi, soliqlar hamda ijtimoiy muhim qarorlarni majlis rahbarlari maslahati va roziligi bilangina qabul qiladi. Mamlakatda oʻn ikki vazirlik boʻlib, har birining vazifasiga toʻxtalib oʻtadi. Jumladan, Maorif nozirligi taʼlimni bidʼat va xurofotlardan xoli foydali va aniq fanlarga asoslanib isloh etadi. Boshlangʻich, oʻrta va oliy taʼlimni tashkil etib, darslik va muallimlar faoliyatini yoʻlga qoʻyadi. Siyosiy boʻlimning asosiy vazifasi esa mamlakatni, musulmonlarni har xil ichki va tashqi xavflardan himoya qiladi. Jamiyatda haqiqiy adolatning qaror topishi uchun kurashadi. Shuningdek, erkin matbuot, soliqlarni cheklash kabi koʻplab takliflarini bayon qiladi.

1930-yil 8-iyuniga kelib, birgina Namangan viloyatida Nosirxon toʻraga bogʻlab yuzdan ortiq insonlar qamoqqa olindi. Vaholanki, Nosirxon toʻraning qayerda ekanligi GPUning aygʻoqchilari tomonidan toʻliq nazoratga olingan edi.

1930-yil 26-iyun kuni Toʻraqoʻrgʻonda Qoratov etagida ketayotgan Nosirxon toʻra va odamlari yana oʻqqa tutildi. Moʻmin polvon, Аbdumalik, Аbduvahhoblar oʻldirildi, Turgʻun Qoʻziboyev ogʻir yarador boʻldi. Otishmada Nosirxon toʻraning shogirdi va sodiq doʻsti Istambek yelkasidan va sonidan oʻq yeb halok boʻldi. Otantoy uni togʻda qoldirib, uning otiga minib Nosirxon toʻrani qidirib Nanay tomonga yoʻl oldi. Biroq uni topa olmay qoʻlga olindi.

Doʻstlaridan xabar boʻlmagach, Nosirxontoʻra yoniga oʻgʻillari Eshondadaxon va Hasanxonlarni olib, Qoshgʻarga ketishga qaror qildi. 1930-yil 7-iyul kuni soqolini qisqartirib biroz oq kulrangga boʻyadi. Keyin eski yaktak va choponlar kiyib, dehqonlar kiyimida Hasanxon bilan yoʻlga tushadi. Eshondadaxonga izidan borishini va Oʻshdagi Sulaymon mozorida uchrashishini tayinlaydi. Biroq, ortidan tushgan GPU izchilari Nosirxon toʻrani 1930-yil 15-iyul kuni Oʻsh okrug, Toldik sovxozdan 10-15 chaqirim uzoqlikdagi yaylovda qoʻlga olishgan.

Oʻlimi. 1930-yil 20-avgust kuni ilk soʻroqda Nosirxon toʻra shoʻro siyosatiga qarshiligi sabablarini qatʼiyat bilan tushuntirib berdi. Keyingi soʻroqlarda oʻzining ayrim ishongan shogirdlari, qarindoshlari allaqachon sovetlar tomoniga oʻtib, unga qarshi boʻhtonlar toʻqishganidan taajjubga tushdi. Yuzlashtirishlarda esa ularning koʻzlari pirpirab, murdadek holga keltirilganini koʻrdi. Oʻzining inson qiyofasidagi vahshiy shoqollar qoʻlida ekanini his etdi. 1930-yil 15-sentabr kuni Nosirxon toʻrani dahshatli qiynoqlar ostida bir necha varaq qogʻozga imzo chekishiga majbur etishgan. Bunday deyishimga oradan qariyb yuz yil oʻtganiga qaramay toʻramning muborak koʻzyoshlari bilan boʻyoqlari chaplangan oʻsha qogʻozlar sabab boʻldi. Oʻz muvaffaqiyatlarining uchib ketishidan qoʻrqqan GPU jallodlari 1930-yil 27-oktabr kuni Sharqning buyuk mutafakkirlari Muhammad Аbduh, Jamoliddin Аfgʻoniylar qatoridagi olim, ulamo, qahramon inson Nosirxon toʻra Kamolxon toʻra oʻgʻlini otuvga buyurdi. Nohaq hukm 1931-yil 13-aprel kuni Toshkentda ijro etilgan.

Jadidlar.uz saytidan olindi