Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


DEVONIY

img

(1883–1938)

Bolaligi. Asl ism-sharifi – Muhammad Komil Ismoil Devon o‘gʻli. Shoir 1883-yilda Xiva yaqinidagi Sangar qishlogʻida tugʻilgan. Bobosi qattiq jismlarga naqsh yo‘nuvchi usta bo‘lgan. Otasi Ismoil Muhrkan 1900-yilda vafot etgan. Uning tarbiyasi amakisi Xudoybergan Muhrkan qo‘lida bo‘lgan. Onasi Oyimjon ona.

Maʼlumoti. Dastlabki taʼlimni maktabda olgan. Uning ilk maktabdagi ustozlaridan biri mulla Abdulla bo‘lgan. So‘ngra  Xivadagi “Arabxon” madrasasida Yusuf hoji (Doiy) mudarrisdan taʼlim olgan, fors tili, xattotlik sanʼatini o‘rgangan.

Faoliyati. Feruz saroyida birmuncha vaqt kotiblik qilgan. Xattot, bastakor, naqqosh Xudoybergan Muhrkan (1822-1920)ning shogirdlaridan. Uning harakati bilan saroyga borib xattotlik ishiga joylashgan. 1910-yildan bosh vazir Islomxo‘janing maxfiy kotibi vazifasini bajargan.

Xorazm musiqa sanʼatining rivojlanishida katta xizmat qilgan. XX asrning 20-yillarida Xorazm mumtoz musiqasining qadimiyroq qatlami bo‘lmish dutor maqomlarining yetti turkumini kuy va so‘z matnlari bilan Olti yarim maqom (Tanbur maqomlari)ga qo‘shib yozib olgan.

Ilmiy-adabiy merosi. Muhammad Komil Ismoil Devon o‘gʻli “Devoniy”  taxallusi bilan ijod qilgan. Sheʼrlarida zamona nosozliklarini tanqid qilgan, maʼrifatparvarlik gʻoyalarini ilgari surgan (“Afsus” radifli va boshqa sheʼrlari). Shoir ijodiga Tabibiy (“Majmuat ush-shuaro”) va Laffasiy (“Tazkirayi shuaro”)lar yuqori baho berganlar. Devoniyning devonlari asl nusxalari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. № 901, 906, 1142) va o‘gʻli Hamza Komilovning shaxsiy kutubxonasida saqlanadi. Devoniy shoir boʻlish bilan birga, mohir sozanda hamda usta hunarmand ham edi. 1922-yil Xivaga kelgan Hamza Hakimzoda Niyoziy bilan birga madaniy sohani rivojlantirishda birga faoliyat olib borgan. Hamza uning uyida istiqomat qilgan. Devoniy  taqdir taqozosi bilan Xiva, Toshhovuz, Toshkent shaharlarida yashagan.

Oilasi. U Xudoybergan Muhrkanning qizi Sultonposhshaga uylangan. Komil Devoniyning Magaram va Hamza ismlik farzandlari bo‘lgan. Hamza 1932-yil tugʻilgan. Hamzaning onasi Qurbonjonbika Toshhovuzda Devoniy bilan birga yashagan. 1932-yilda ayolini Xivaga yuboradi va Hamza shu yerda dunyoga keladi. U 1943-yilda Toshkentga yuborilgan. Hamza 1943-1956-yillarda Usmon Yusupovning Do‘rmondagi dala hovlisida yashaydi. Do‘rmondagi Pushkin nomli 24-maktabda o‘qiydi. So‘ngra to‘qimachilik texnikumining qurilish bo‘limini tamomlaydi. Qarshi shahrida ishlab keyinchalik Xorazmga qaytadi. Xivadagi “Mevaston” mahalla fuqarolar yigʻinining raisi bo‘lgan.

Qatagʻoni: Devoniy bolsheviklarning 30-yillardagi qatagʻoni kuchayib borayotgan bir vaqtda o‘z jonini saqlash uchun Xivadan chetroqda bo‘lgan Toshhovuzga o‘tib o‘sha yerda yashay boshlaydi. 1934-yil Xivaga qaytadi. Markaziy tashkilotda ishlayotgan xorazmlik Qurbon Beregin tomonidan 1935-yilda Toshkentga o‘tkaziladi. U Toshkentda hunarmandchilik korxonasida ishlagan. 1937-yil oktabr oyida qo‘lga olinib Urganch turmasiga yuboriladi. Qo‘lga olingan vaqtda uning qo‘lidagi 25 dona har turli asbob-uskunalar musodara qilinadi. 1937-yil ayoli Qurbonjonbika Yo‘ldosh Oxunboboyev qabuliga boradi. Ammo u kishi “eringizni xorazmliklar qamatgan men yordam bera olmayman” degan javobni olgach ortga qaytishga majbur bo‘ladi. Devoniy “xalq dushmani” sifatida qatagʻon qilingan. U qatagʻon qilingan vaqtda farzandlari Magaram 13 yoshda, Hamza 5 yoshda edi. Komil Devoniy 1938-yil Urganch turmasida vafot etgan.

Jadidlar.uz saytidan olindi.