Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


RAHMAT RAFIQOV

img

(1886–1930)

Bolaligi Buxorodagi jadidchilik harakatining yirik namoyandasi Rahmat Rafiqov 1886-yili Buxoro shahrida Abdullabek xonadonida  tugʻilgan.

Maʼlumoti Madrasani tamomlagan.

Faoliyati 1917-yilda Yosh buxoroliklar partiyasi Markaziy Qo‘mitasi tarkibiga kiritilgan. 1920-yil 1-8-sentabrda Bokuda bo‘lgan Sharq xalqlari qurultoyining qatnashchisi. Buxoro Kommunistik partiyasining tashkilotchilaridan biri. Buxoroda amirlik tuzumi agʻdarib tashlangach, Rahmat Rafiqov BXSR adliya xalq noziri, tashqi ishlar xalq noziri, ichki ishlar xalq noziri lavozimlarida ishladi, shuningdek, Butun Buxoro Markaziy Ijroiya Komitetining Sharqiy Buxoro ishlari bo‘yicha diktatorlik komissiyasining raisi bo‘lib turdi. O‘zbekiston SSR tuzilgach, u 1925-yil fevraldan ichki ishlar xalq komissari lavozimini egallagan. Rahmat Rafiqov o‘n sakkizlar guruhi faoliyatida qatnashganligi uchun 1925-yil oxirida bu lavozimdan bo‘shatilgan va kommunistik partiya safidan chiqarilgan. Keyinchalik O‘zbekiston SSRning Moskvadagi doimiy vakili lavozimida ishlagan.

O‘limi 1930-yilda Rahmat Rafiqov Toshkentda tramvay urib ketishi natijasida fojiali halok bo‘lgan. Bu fojia GPU xodimlari tomonidan tashkil qilingan, degan taxmin mavjud.

Jadidlar.uz saytidan olindi.